Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

LENBURDAGI YANGI TIBBIYOT MASKANI FOYDALANISHGA TOPSHIRISH UCHUN SHAY

×

 2022-10-18 15:36:33    55

PDF yuklash
Chop etish


Oxirgi ikki yilda tumanimiz hududida keng ko’lamli obodonlashtirish, qurilish va ta'mirlash ishlari olib borilib, So’xning eng chekka mahalallarida ham bunday ishlar jadallik bilan amalga oshirildi. Prezidentimizning 2020 yil 8 avgustdagi 4798-sonli qarori barobarida, So’x tumanida davlat dasturlari asosida ham ko’p yangilanishlar qilindi va bunday ishlar albatta, xalqimiz manfaatiga xizmat qilishi hech kimga sir emas.

Tumanning Lenbur mahallasida ham davlatimiz rahbari qarori va davlat dasturlari asosida qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, bunday ishlar bugun o’zining mantiqiy davomini topayotir. Mahallada qurilgan yangi zamonaviy oilaviy shifokorlik punkti ham ushbu e'tiborning natijasidir.

Mazkur tibbiy maskan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-98 sonli hamda viloyat hokimining 2022 yil 04 fevral kungi 64-11-0-Q/22 sonli qarorlari asosida barpo etildi. Hozirgi kunda tibbiyot maskani foydalanishga topshirish arafasida turibti va ushbu maskanda oxirgi ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur tibbiyot maskanini barpo etilishi uchun davlatimiz byudjetidan 1 milliard 881 million so’m mablag’ yo’naltirilgan. Qurilish ishlari "Marg’ilon Sarbon qurilish ta'mir" MChJ tomonidan amalga oshirildi.

Lenbur mahallasida bo’lgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barpo etilgan tibbiyot maskanida bo’ldi va olib borilayotgan tayyorgarlki ishlarini ko’zdan kechirdi. Mahalla mutasaddilari va yangi tibbiyot maskanida faoliyat olib borayotgan xodimlarga taqdimot marosimiga puxta tayyorgarlik ko’rish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram