Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 208 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KUZ-QISH MAVSUMINI BETALOFAT O’TKAZISH YUZASIDAN HAZRATI ALI MAHALLASIDA TADBIR O’TKAZILDI

×

 2022-10-18 15:34:42    99

PDF yuklash
Chop etish


Ancha qulay kelgan yoz mavsumidan so’ng kuz faslining o’tgan muddati ham Vatandoshlarimiz uchun o’zgacha bo’lmoqda. Biroq, tabiatda yashirin qoida va tartiblar borki, unga har doim tayyor va shay bo’lib turish talab etiladi.

Kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish maqsadida Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida o’tkazilgan tadbir mahalla fuqarolari uchun ancha foydali bo’ldi desak, xato qilmagan bo’lamiz. Chunki aholi o’rtasida uyma uy yurib, mutasaddilar targ’ibot ishlari olib bordilar, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlarga har doim tayyor bo’lish bo’yicha amaliy mao’g’ulotlar orqali ma'lumotlar berildi.  

Kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish bo’yicha belgilangan chora-tadbirlar asosida amaliy ishlar olib borildi. O’tkazilgan mazkur mahalladagi tadbirda Farg’ona viloyat favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’i o’rinbosari, podpolkovnik U. Ismoilov va tuman faqulodda vaziyatlar bo’limi vakillari ishtirok etdilar.

Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini raisi Subhonali Nishonovning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, ushbu tadbirda hududdagi aholi turar joylarida, idora va tashkilotlarda kuz-qish mavsumini talofatsiz o’tkazish borasida, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan ko’ngilsizliklarni oldini olish yuzasidan targ’ibot-tashviqot olib borilib, “mahallabay” va “xonadonbay” tizimi asosida aholiga tushunchalar berildi. Ayniqsa, mahalladagi UO’T maktabi va DMTT da tashkil etilgan tadbirlar ancha foydali bo’ldi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram