“MAHALLABAY” TIZIMI ORQALI MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA
2022-10-18 10:03:15 132
Hududlarda aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularni imkoniyat doirasida bartaraf etish bo’yicha olib borilayotgan ishlar o’zining samaralarini berayotir. Bunda “Mahallabay” tizimi orqali amalga oshirilayotgan ishlar ayniqsa, natijali bo’lmoqda.
Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligidagi ishchi guruh 1-sektor hududidagi Devayron va Chashma mahalla fuqarolar yig’inida o’rganishlar olib borishdi. Mahallalar ahli bilan uchrashuvda aholi muammo va kamchiliklar xususida murojaat etdilar. Bildirilgan muammolarning bir qismi joyida hal etildi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidovning so’zlariga ko’ra, Chashma mahallasida yashovchi fuqaro Anorboy Hasanjonov elektr energiyasi ta'minotidagi muammolar to’g’risida qilgan murojaati tuman elektr tarmoqlari korxonasi ishchi-xodimlarini jalb etgan holda joyida bartaraf etildi. Shuning barobarida, sayyor qabullarda qilingan murojjatlar ijrosi ham o’rganildi.
Devayron mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro Qambarali Hojiqurbonov xonadonidan ariq suvi oqib chiqib ketishi uchun sharoit yo’qligi, suv yo’lini ko’cha qismiga olish va buning uchun lotoklar yetkazib berish yuzaidan murojaat etgan. Mazkur murojaat ham ijro uchun yo’naltirilgan va tuman hokimi o’rinbosari Sodiqjon Murzoyev ishtirokida fuqaroga lotoklar manzilli yetkazib berildi va lotoklarni o’rnatish uchun hashar yo’li bilan amaliy kumak ko’rsatildi.
Aytish joyizki, bugun fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar imkoniyat doirasida bartaraf etilyapti. Bunda “Mahallabay” tizimi orqali olib borilayotgan o’rganish ishlari asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram