Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 93 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QAL'ACHA MAHALLASIDA "OBOD QISHLOQ" DASTURI ASOSIDA YANGI FAP QURILMOQDA

×

 2022-10-17 11:58:53    62

PDF yuklash
Chop etish


        O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi “2022-2026 yillarda "Obod qishloq" va "Obod mahalla"dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-172-sonli qarori asosida viloyat hokimining 136-11-0-Q/22-sonli qarori hamda tuman hokimining 2022 yil 5 may kunidagi 54-50-11-159 sonli qarori tasdiqlangan va ushbu qarorlar bo’yicha So’x tumanidagi og’ir mahallalardan 2 ta - “Chashma” va “Qal'acha” mahallalari "Obod qishloq" dasturiga kiritilgan.

        Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida ayni kunda mazkur dastur asosida yangi tibbiy maskan - feldsherlik-akusherlik punkti qurilishi davom etmoqda. Oldin mahalla ahliga G’aznov mahallasidagi oilaviy shifokorlik punkti tibbiyot xodimlari xizmat ko’rsatishar edi.

        So’x tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mazkur mahallada bo’lib, ushbu inshootda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Quruvchi tashkilot mutasaddilari bilan suhbatlashgan tuman hokimi ishlar sifatiga alohida e'tibor berish lozimligini ta'kidladi.

        "Obod qishloq" dasturi doirasida qurilayotgan ushbu yangi tibbiy maskanning qurilish ishlari "Baraka fayz" MChJ tomonidan amalga ishirilmoqda. Mazkur yangi tibbiy punkt qurilishiga 300 million so’m mablag’ ajratilgan. Yangi feldsher-akusherlik punkti oktyabr oyining oxirgi dekadasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram