Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI SARIKANDALIK TALABA YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

×

 2022-10-17 11:56:37    75

PDF yuklash
Chop etish


        Ta'lim-tarbiya, maktabga berilgan e'tibor, yurt, Vatan, o’sib kelayotgan barkamol avlod kelajagiga berilgan e'tibordir. Ushbu soha Respublikamizda bugun davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani bilan ham ahamiyatlidir.

        Sohada olib borilgan va amalga oshirilayotgan islohotlar eng avvalo, talaba yoshlar intellektual salohiyatini yuksaltirish, ta'lim sohasida o’ziga xos milliy tizim, modelni yaratish va uni amaliyotga joriy etishga qaratilgan. Bugun O’Zbekiston yoshlariga bilim va kasb cho’qillarini zabt etishlariga barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratib berilgan. Bunday sharoitlardan samarali foydalanish lozim bo’ladi. Zotan Vatanning porloq kelajagi bilimli va yetuk avlod qo’lidadir.

        So’x tumanidagi ta'lim muassasalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, pedagog xodimlar va ta'lim dargohlarida tahsil olayotgan talaba yoshlar bilan uchrashish maqsadida tuman hokimi tomonidan amaliy ishlar qilinmoqda. Bugun tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev Sarikanda mahallasining 4-sonli UO’T maktabida bo’ldi.

        Ayni damda mazkur muassasada tuman hokimi maktab ma'muriyati va o’quvchilar bilan uchrashmoqda. Maktabda olib borilayotgan ishlar ko’zdan kechirilib, o’quvchilarning bilim darajasi ham imtihondan o’tkazilmoqda.

        Maktabning yuqori sinf o’quvchilariga dars o’tgan tuman hokimi talaba yoshlarga davlatimiz rahbari tomonidan ta'lmi sohasiga berilayotgan e'tibor haqida gapirib, bilimli va dono talaba har doim o’zining ezgu orzu va niyalartiga albatta yetishini ta'kidladi. Maktabdagi muammo va kamchiliklar ham o’rganilib, ularni hal etish yuzasidan mutasaddilarga taklif va ko’rsatmalar berildi.

        So’x tumanidagi ta'lim dargohlarida olib borilayotgan ishlar tahlili tuman hokimi tomonidan muntazam amalga oshirilishi ta'kidlandi. Maktabdagi boshlang’ich sinflardan biri bevosita tuman hokimining hoimyligiga olinishi ham qayd etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram