Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"Mahallabay" tizimi samaradorligi mahalallarda

×

 2022-10-15 15:59:32    54

PDF yuklash
Chop etish


"Mahallabay" tizimi samaradorligi mahalallarda

         Farg'ona viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan bugun tuman holkimligi majlislar zalida "So'x tumani hududlarida “Mahallabay” ishlash tizimi bo'yicha yo'lga qo'yilgan  hamkorlik samaralari mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Matbuot anjumanida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirok etdi va tadbirga taklif etilgan ommvaiy axborot vositalari vakillari ishtirokida mahallalarda olib borilgan ishlar tahlil etildi.

         Tadbirda "mahallabay" tizimi asosida mahalla, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari hamkorligi samaradorligi aniq misollar orqali ochib berildi. Tadbirda ishtirok etgan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari ham o'z tajribalari xususida aniq misollar asosida ma'lumotlar berdilar.

         Mazkur tadbir ochiq savollar bilan ayniqsa, zavqli o'tdi. Mahalliy va Respublika ommaviy axborot vositalari orqali mazkur tadbirdan olingan lavhalar yaqin kunlarda namoiysh etiladi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati