Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI VA MAKTAB O’QUVCHILARINING UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI

×

 2022-10-15 13:30:45    59

PDF yuklash
Chop etish


        1-sektor hududidagi 27-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevning umumta'lim maktablari o’quvchilari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda tumandagi barcha ta'lim muassasalari yuqori sinf o’quvchilari va ularning ustozlari ishtirok etishdi.

        Ma'lumot uchun: 27-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida fan olimpiadasining tuman bosqichi o’tkazildi. Mazkur fan tadbirida yuqori sinf o’quvchilari - 9-11-sinfda tahsil olayotgan talaba yoshlar qatnashib, o’zaro bellashdilar.

        Uchrashuv avvalida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev O’Zbekistonda ta'lim sohasiga qaratilayotgan e'tibor, sohada olib borilayotgan islohotlar haqida gapirib, davlatimiz rahbari tomonidan bevosita So’xlik yoshlarga berilayotgan g’amxurliklarni alohida ta'kidladi. Fan olimpiadalari eng faol va iqtidorli o’quvchilarni saralashda o’ziga xos tadbir ekanligi qayd etildi.

        Uchrashuv chog’ida tuman hokimi yuqori sinf o’quvchilari bilim darajasini imtihondan o’tkazish maqsadida ular bilan turli fanlarga oid savol-javoblar qildi. Aqlni charxlovchi mantiqiy savollar orqali o’quvchi yoshlar bilim darajasi sinovdan o’tkazildi.

        Tadbir davomida 24-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida tahsil olayotgan 4-sinf o’quvchilarini bevosita tuman hokimi o’z homiyligiga olgani qayd etildi. Mazkur sinf o’quvchilariga tuman hokimi tomonidan sport anjomlari taqdim etildi.

        Tadbir chog’ida maktab o’quvchilari ushbu e'tiborga javoban minnatdorchilik bildirdilar. Tuman UO’T maktablarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchilar ishtirokida ta'lim muassasalarida olib borilayotgan ishlar va ko’ngdalang bo’lib qolgan muammolar muhokama etilib, ularni bartaraf etilishi yuzasidan kerakli taklif va tavsiyalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram