QAL'ACHA MAHALLASIDA TUMAN HOKIMINING SAYYOR QABULI O’TKAZILDI
2022-10-15 11:29:59 108
Aholi, hududlarda yashaydigan fuqarolar muammolarini o’rganish va aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish maqsadida tashkil etilayotgan sayyor qabullar kamchiliklarni bartaraf etish barobarida rahbarlarni aholi bilan yaqinlashtirish, bildirilgan har bir murojaat va aniqlangan muammoni manzilli o’rganilishida asosiy omil bo’lib xizmat qilayotir. Zotan, agar bir nafar fuqaroning muammosi hal etilsa, tashkil qilinayotgan bunday tadbirlarning natijadorligidandir.
1-sektor hududidagi Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabulda ham mahalla ahlining faol ishtiroki etdilar. Mahalla ahli o’z muammolari yuzasidan tuman hokimiga murojaat etdilar.
Tashkil etilgan tadbirda mahalla fuqarolari asosan mahalladagi tabiiy gaz, ichimlik suvi, elektr energiyasi ta'minoti, mahalla obodonchiligi, tibbiyot maskanlarida davolanish uchun moddiy yordam ko’rsatish, oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan "Daftar"lardagi fuqarolarning kontrakt to’lovini qonun doirasida o’tkazib berish, ish joyi bilan ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun amaliy ko’mak ko’rsatish kabi masalalarda murojaat etdilar.
Aytish lozimki, Qal'acha mahalla aholisi asosan qishloq xo’jaligi sohasida faoliyat olib borishadi va ularning daromadi ham shu hisobdan. Sayyor qabulda tuman hokimiga Prezidentimizning 24 noyabr 2021 yilda qabul qilingan 20-sonli qarorining Qal'acha mahallasidagi ijrosi bo’yicha ko’p murojaatlar qilindi. Asosan yer maydoni savdosida ishtirok etgan ijarachilar va o’z yer maydonini yutib olmagan fuqarolar ushbu sohadagi muammo va tushunmovchiliklar xususida tuman hokimiga murojaat etishdi. So’x tumani hokimi ham ushbu murojaatlarga munosabat bildirib, mazkur holatlarni o’rganish va qonuniy hal etish choaralarini ko’rish yuzasidan mutasaddilarga qat'iy ko’rsatmalar berdi.
Qabul so’ngida tuman hokimi barcha Qal'achaliklarga Javpaya massivida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma'lumotlar berdi va ushbu hududni o’zlashtirilishida barcha bir yoqadan bosh chiqarib, mehant qilishlari shart va zarurligini qayd etdi. Mahalla ayollari va xotin-qizlari bilan uchrashgan tuman hokimi ularni xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan tabrilab, ularga bayram sovg’alari taqdim etdi va sanaga bag’ishlab tadbir tashkil etish uchun mahalla mutasaddilariga ko’rsatmalar berdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram