Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI ISHTIROKIDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI

×

 2022-10-15 11:24:55    49

PDF yuklash
Chop etish


        Joylarda aholi muammo va kamchiliklarini o’rganish, aniqlangan muammolarning yechimi bo’yicha alohida tizim orqali amaliy ishlar olib borilayotir. Hududlarda tuman hokimi ishtirokida tashkil etilayotgan sayyor qabullar ham fuqarolarimiz mushkulini oson qilishga, imkoniyat doirasida ularga amaliy yordam va ko’mak berishda asosiy omil bo’layotir.

        1-sektor binosida bo’lib o’tgan navbatdagi sayyor qabulda sektor hududidagi mahallalar fuqarolari bilan uchrashgan tuman hokimi ularning muammolari bilan tanishdi. Sayyor qabulga kelgan fuqarolar tuman hokimiga o’z muammolari bo’yicha murojaat etdilar.

        Mazkur sayyor qabulda ishtirok etgan sektor ishchi guruhi a'zolariga ham har bir murojaatni o’rganish manzilli tashkil etilishi ko’rsatmasi berildi. Darhaqiqat, agar har bir muammo joyida, manzilli o’rganilsa, uni bartaraf etish ham o’z vaqtida amalga oshiriladi. Shuningdek, ijrosi ma'lum va vaqt talab etadigan muammolar ham borki, ularning bartaraf etilishi hamkorlikda amalga oshiriladi.

        Tuman hokimiga asosan ish joyi bilan ta'minlash, moddiy ko’mak ko’rsatish, tibbiy muolajalarda amaliy yordam ko’rsatish, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida bank krediti olish, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun yer maydoni ajratish, hududlarda tabbiy gaz, elektr ta'minotini yaxshilash, mahalla obodonchiligiga e'tibor qaratishdek masalalar bo’yicha murojaatlar qilindi. Sayyor qabulda tushgan 8 ta muammodan 4 tasi joyida hal etildi va boshqa murojaatlar ijro uchun yo’naltirildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram