XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI
2022-10-12 18:09:59 122
Bugun tuman hokimligi majlislar zalila Xalq deputatlari So’x tumani Kengashinninng navbatdagi 61-sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiyaga tuman hokimi, Kengash raisi Sayidbahrom Sayidmusayev raislik qildi va ishtirokchilarga sessiya kun tartibiga qo’ilgan masalalar xususida ma'lumot berdi. Sessiya kotibini saylangandan so’ng deputatlar bevosita kun tartibiga qo’yilgan masalalar muhokamasiga kirishdilar.
Sessiyaga muhokama etish uchun oltita masala qo’yildi.
Birinchi masala - 2022 yil 9-oy davomida “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko’mak”-jamg’armalari mablag’larining shakllanishi va ishlatilishi to’g’risida.
Ikkinchi masala - fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudining 2022 yil 9-oy davomidagi fa'oliyati to’g’risidagi axboroti.
Uchinchi masala - O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022 yil 5-avgust kungi “O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to’g’risidagi axboroti haqida”gi SQ-596-IV sonli qarorining 6-bandiga asosan tumanda ushbu yunalishda 2022 yilni 9-oyida qilingan ishlar to’g’risida.
To’rtinchi masala - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31-avgustdagi “2022 yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida tasdiqlangan prognoz ko’rsatgichlari bajarilishini ta'minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 138-XDFU-sonli Rayosat majlisi bayonining 13-bandiga muvofiq So’x tumani aholisining ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash uchun ajratilgan mablag’ni (50,0 mlrd so’m) 2021 yil iyun-iyul oylarida davlat ekspertizatsiyasidan o’tkazilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida birinchi navbatda ichimlik suvi bilan ta'minlash zarur bo’lgan aholi punktlariga yunaltirishni nazarda tutgan manzilli ro’yxatni tasdiqlash to’g’risida.
Beshinchi masala - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021 yil 11-dekabr kuni kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan videoselektor yig’ilishining 55-sonli bayoni hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022 yil 21 sentyabrdagi 05-10/2403-sonli xatini ijrosini ta'minlash maqsadida, “Hududda yangi ish o’rinlarini yaratish borasida 2022 yilni 9-oyida amalga oshirilgan ishlar va ko’rilayotgan choralar natijadorligi” to’g’risida.
Oltinchi masala - mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha hokim yordamchilarni fa'oliyati to’g’risida.
Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha hokim yordamchilari fa'oliyati to’g’risidagi hisobot tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev tomonidan o’qib eshittirildi. Tuman hokimi birinchi o’rinbosari o’tgan 9 oy davomida mahallalarda hokim yordamchilari tomonidan amalga oshiriligan ishlar xususida batafsil ma'lumot berdi.
Sessiya kun tartibiga qo’yilgan navbatdagi masala - yuzasidan tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyevning hisoboti eshitildi. Ichki ishlar bo’limi boshlig’i o’tgan muddat davomida deputatlarga tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklar, ularni oldini olish yuzasidan qilingan ishlar xususida ma'lumot berdi. Tumanda jinoyatchilik sonini ortib borgani xususida tanqidiy fikrlar bildirildi.
O’z navbatida sessiyada ushbu masalaga alohida to’xtalgan tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov ham olib borilgan ishlar haqida gapirdi va “qonun ustuvor, jazo muqarrar” tamoyili asosida ishlar olib borilayotganligini alohida ta'kidladi.
Fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tumani sudining raisi Shermuhammad Abdulloyev deputatlarga So’x tumani sudi tomonidan 2022 yilning 9-oyi davomida amalga oshirilgan ishlar xususida ma'lumot berdi.
Barchamizga ma'lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8-avgustdagi qaroriga binoan So’x tumanida aholiga ichimlik suvi yetkazib berish bo’yicha amaliy ishlar qilindi. 2021 yil iyun-iyul oylarida qilingan ishlar davlat ekspertizatsiyasidan o’tkazilgan va tuzilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida birinchi navbatda ichimlik suvi bilan ta'minlash zarur bo’lgan aholi punktlariga qo’shimcha mablag’ yo’naltirilishi belgilangan. Binobarin, ushbu maqsadga 50 milliard so’m mablag’ yo’naltirilgan bo’lib, ushbu mablag’ni tasarruf etish deputatlar tomonidan ma'qullandi. Ushbu masala yuzasidan sessiya ishtirokchilariga “O’zsuvta'minot” MChJ So’x tumani bo’limi boshlig’i Farhodjon Azimbekov ma'lumot berdi.
Hududlarda yangi ish o’rinlarini yaratish borasida 2022 yilni 9-oyida amalga oshirilgan ishlar va ko’rilayotgan choralar natijadorligi to’g’risida deputatlarga tuman bandlikka ko’maklashish markazi boshlig’ining o’rinbosari Abdulaziz Mulloyev hisobot berdi. Sessiyada hunarmandchilikni rivojlantirish va ushbu soha orqali aholi daromadini ko’paytirish bo’yicha amaliy ishlar qilinishi yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Sessiyada 2022 yilning 9-oy davomida “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko’mak” jamg’armalari mablag’larining shakllanishi va ishlatilishi to’g’risida mutasaddilarning hisoboti tinglandi. “Ayollar daftari” bo’yicha tuman oila va xotin-qizlar bo’limi mutaxassisi Mehtar Marifjonov, “Yoshlar daftari” yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi boshlig’i Isojon Mastonov, “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan sarflangan mablag’lar va “Temir daftar”dagi fuqarolarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar xususida tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidovlar hisobot berdilar.
Sessiyaga qo’yilgan masalalar yuzasidan deputatlar o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinidi va shu bilan sessiya yakuniga yetdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram