Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI DEVAYRON MAHALLASI AHOLISI BILAN UCHRASHDI

×

 2022-10-11 15:14:23    127

PDF yuklash
Chop etish


        Devayron mahallasida tuman hokimi ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi va mazkur tadbirda mahalla aholisi ishtirok etib, tuman hokimiga ularni qiynayotgan muammolar xususida murojaat etdilar. Uchrashuv avvalida tuman hokimi mahallada olib borilgan ishlarga to’xtalib, amalga oishirilayotgan ishlar to’laqonli emasligini ta'kidlab, mazkur ishlarni jadallashtirish va sifatli etib bajarish lozimligini ta'kidladi.

- Davlatimiz va bevosita Prezidentimiz tomonidan berilayotgan e'tibor har birimizni harakat qilishga, intilishga chorlaydi, biroq aksariyat huddlarda berilayotgan e'tiborga beparvolik hissi bilan qarash kuzatilayotir. E'tiborga e'trof, shukronalik, birdamlik, xayrixohlik bilan bunday e'tiborga javob qaytarishimiz lozim emasmi? Bugun hududlar obodonchiligiga mas'uliyatsizlik bilan qarayotgan rahbarlar, mahalla mutasaddilari afso’ski, oramizda bor. Fuqarolarimiz ham hatto o’ziga qarashli hudud – xonadonlarining tozaligiga bee'tibor bo’lib qolishdi. Bildirilayotgan muammo va kamchiliklar vaqti bilan, biroq bosqichma bosqich hal etilmoqda. Lekin biz ham o’z fuqarolik burchimizni unutmasdan, shu kichik Vatan ravnaqiga hissa qo’shishimiz kerak. Shundagina Vatan obod bo’ladi, muammo va kamchiliklar ham bartaraf etiladi, - dedi tuman hokimi uchrashuv avvalida.

        Devayron mahalla fuqarolar yig’inida ikkita qishloq – Umbara va Devayron joylashgan va aytish lozimki, mazkur mahallalar obodligi yo’lida ancha-muncha ishlar amalga oshirildi. Biroq, aholini qiynayotgan muammolar ham borki, ularni bartaraf etish hamkorlik va birdamlikni talab etadi.

        Mahalla ahli tuman hokimiga asosan mahalladagi muammo bo’lib turgan ichimlik suvi ta'minotidagi kamchiliklar, mahalladagi sel yo’lini ta'mirlash, daryo qirg’oqlarini mustahkamlash, Prezidentimizning 20-sonli qarori asosida berilayotgan yer maydonlari, tabiiy gaz ta'minoti masalasi, umumta'lim maktablarga bog’liq bo’lgan muammolar, maktabgacha ta'lim sohasidagi kamchiliklar, tibbiy yordam ko’rsatishga oid masalalarda murojaat etdilar.

        Barcha bildirilgan muammolarga munsobat bildirgan tuman hokimi muammolar o’z yechimini albatta topshini, bunga vaqt va muddat lozimligini qayd etdi. Bildirilgan muammolarning bitr qismi joyida hal etilgan bo’lsa, muddat talab etadigan muammolarning ijroga yo’naltirishi mutasaddi rahbarlar zimmasiga yuklatildi.

        Shuningdek, tuman hokimi uchrashuvdan so’ng mahalla yoshlari va xotin-qizlar vakillari bilan uchrashdi. Mahalla fuqarolar yig’ini binosida o’tkazilgan uchrashuvda mahalla yoshlari va xotin-qizlar ham tuman hokimiga o’z muammolari yuzasidan murojaat etdilar.

        Tuman hokimi ham o’z navbatida mahallalarda “Mahallabay” tizimi asosida eng avvali “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi fuqarolarga amaliy kumak ko’rsatilishini ta'kidladi. Ijtimoiy kumakka muhtoj, kam ta'minlangan fuqarolar doimiy e'tiborda ekanliklarini ta'kidlagan tuman hokimi mahalla mutasaddilariga bu bo’yicha aniq ko’rsatmalar berdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram