Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 219 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ROVON MAHALLASIDA BAYRAMGA BAG’ISHLAB TADBIR O’TKAZILDI

×

 2022-10-11 10:07:11    78

PDF yuklash
Chop etish


“Ayol borki, olam munavvar!”. Xondonlarimiz ko’rki, oilalalarimiz totuvligi eng avvalo ayollarga, onajonlarimizga bog’liq. Ayol bor joyda sarishtalik, halovat bor. Shuning uchun ayollarga ham doim e'tibor berish lozim. So’x tumanida ham 15 oktyabr - “Xalqaro qishloq ayollar kuni” ga bag’ishlab o’tkazilayotgan tadbirlarda mo’nis onaxonlar va aziz ayollarga o’zgacha ehtirom ko’rstilmoqda.

Rovon mahalla fuqarolar yig’ini binosida sanaga bag’ishlab tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Fayzli dasturxon atrofida yig’ilganlar ushbu dorilomon kunlar, tinchlik-totuvlikka shukrona keltirdilar.

- Tashkil etilgan tadbirda asosan markazdagi mahallalar - Istiqlol, Yangiariq va Rovon mahallalari xotin-qizlari ishtirok etishdi. Onaxonlarga nisbatan izzat-e'tibor ko’rsatildi. Bayramga bag’ishlab ziyofat ham uyushtirildi, - deydi Rovon mahalla fuqarolar yig’ini xotin-qizlar fa'oli Dilafro’z Sherova.

Tadbirda ishtirok etib so’z olganlar eng avvalo, Respublikamizda ayollarga berilayotgan e'tibor hususida gapirib, ushbu e'tiborga javoban barcha xotin-qizlar Vatan ravnaqiga o’z hissalarini qo’shib uning mustahkamlanishiga astoydil harakat qilishlarini ta'kidladilar. Tadbirda tuman hokimligi vakillari ham ishtirok etdilar va kechgacha davom etgan tadbir haqiqiy bayramga aylanib ketdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram