QISHLOQ AYOLLARIGA EHTIROM KO’RSATILDI
2022-10-11 10:05:31 124
Respublikamizda 15 oktyabr - “Xalqaro qishloq ayollar kuni” kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan tumanimizning barcha hududlarida sanaga bag’ishlab turli tadbir va uchrashuvlar tashkil etilib, o’tkazilmoqda. Zotan ayollarimiz, mo’nis onxonlarimiz hamisha e'tibor markazida. Ayolga bo’lgan e'tibor davlatimizda siyosat darjasiga ko’tarilgani bilan ham ahamiyatlidir.
Tumanimizning 3-sektori hududidagi mahalla fuqarolar yig’inlari - Hushyor, Sebzor, Qaqir, Qizilqiyoq mahalallalari mutasaddilari tashabbusi bilan mazkur hudud xotin-qizlari uchun tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda so’z olganlar Prezidentimiz tomonidan ayollarga bo’lgan e'tibor, ularni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar haqida gapirib, ushbu e'tibor uchun samimiy so’zlar bilan minnatdorlik bildirdilar. Tadbir haqiqiy tantana va bayram kechasiga aylanib ketdi.
Asosan o’tkazilayotgan mazkur tadbirlarda ayol zotiga hurmat va ehtirom ko’rsatilayotir. Zotan, onalarimiz, muhtarama ayollarimiz va xotin-qizlarimiz barcha e'zoz-e'tiborga loyiqdirlar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram