Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAMOATCHILIK NAZORATI – SOG’LOM MUHIT VA BARKAMOL AVLOD SALOMATLIGI KAFOLATI

×

 2022-09-28 14:37:10    158

PDF yuklash
Chop etish


        Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 setyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi fa'oliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 3305-sonli qarori asosida O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligining qo’shma qarori qabul qilingan bo’lib, ushbu qarorga binoan “Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’ligini muhofaza etishni tashkil etish to’g’risida”gi Nizom ham qabul qilingan.

        Shuningdek, O’Zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2022 yil 12-sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning xavfsizligini ta'minlash bo’yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish to’g’risida” gi 196-sonli buyrug’i ham qabul qilingan bo’lib, mazkur hujjatlarni targ’ib qilish maqsadida tumanimizda ham turli tadbirlar tashkil etildi. Mazkur hujjatlar asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan har bir xodim va bolajonlarning ota-onalaridan bolalar hayotini himoya qilish maqsadida kafolat xatlari ham olingan.

        Hududlarda ushbu qaror va Nizom talablarini ijro etishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda. Buni Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini misolida ko’rishimiz mumkin. Mahalla raisi, Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi deputati Subhonali Nishonov tashabbusi bilan mahalladagi 4-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida yuqoridagi talablarni ijro etishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Mahalla raisining so’zlariga ko’ra, mazkur muassasada doimiy jamoatchilik nazorati o’rnatildi.

        - Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini qoshida tashkil etilgan «Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati” komissiyasining yig’ilishida hududdagi 4-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ish kunlarida ta'lim, tarbiya va, sog’lom ovqatlantirish sifatini nazorat qilish yuzasidan qaror qabul qilindi va mana bir haftadan beri, mazkur muassasadagi tarbiyalanuvchilar ota-onalari hamda Kengash a'zolari ishtirokida nazorat o’rnatilib muassasada oshkoralik ta'minlanmoqda. Maqsadimiz bolalarimiz hayotini har tomonlama himoyalash, muassasada ta'lim-tarbiya jarayoni, tozalik, ovqatlantirish sifatini nazoratga olish va eng muhimi qaror talabotini ijro etishdan iborat, - deydi mahalla raisi.      

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram