Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAYOTI TA'LIMGA BAXSHIDA USTOZ

×

 2022-09-28 14:30:30    117

PDF yuklash
Chop etish


        Ustoz Amirjon Temirov siymosiga boqib, o’ttiz yil oldingi voqeliklar ko’z oldimdan kino tasmasidek o’ta boshladi. Men, ushb so’zlar muallifi endigina oliygohni tamomlab kelgan, ustozim Erkinjon Sunnatov kumagi bilan ikki soat rus tili va adabiyotidan dars olgan navqiron muallimcha edim. Ustoz Boronboy Urunboyev (Olloh rahmatiga olgan bo’lsin)dan estafetani qabul qilib olgan, Ittifoq davrida dovrug’i dunyoga doston bo’lgan 5-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi direktori Amirjon Temirov bilan ancha yil ishladim. Amir Temir (So’xda hamma ustozni shunday deb tilga oladi) ancha narsalarni o’rgandim. Ustozni ko’ksidagi “Do’stlik” ordenini ko’rib esa, “Mehnat qilgan elda aziz” maqolini rostligiga yana bir karra amin bo’ldim. So’xda mana shunday fidoiy va mehnatkash muallimlar yashashadi.

        Amirjon Boboavezovich Temirov 1971-yil Rishton tumanidagi 13-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabining 1-sinfiga qabul qilinib, 1981-yil ta'lim dargohini oltin medal bilan bitirgan. O’sha vaqtlardagi imtiyozlardan samarali foydalanib Xujand Davlat pedagogika institutining tarix fakulteti talabasi bo’lib, ushbu ta'lim dargohini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

        Har doim o’zining birinchi ustozi Mo’'tabarxon Umarova, pedagog degan kasbni uning diliga joylagan kamtarin ustozlari Erkinjon Sunnatov, Muxtorjon Normatov, Rahmonjon Nisoyev, Boronboy Urunboyev, A'zamjon Mutaliyev, Nabijon Abduvaliyev, Mirzojon Mahmudov, Shuhratjon Urinboyevlarni o’zining idealidagi insonlar deb bilgan.

        36 yil davomida ta'lim sohasida faoliyat yuritib kelayotgan ustoz Amirjon Boboavezovich Temirov So’x tumanidagi 4-5-12-13-14 va 2-IDUMda tarix fanidan o’quvchi-yoshlarga sadoqat bilan bilim berib kelgan.

        Uning rahbarlik qobiliyatini sezgan So’x tumani xalq ta'limi bo’limining birinchi mudiri Orifjon Mustafoyev 1997-yili tumandagi 5-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi direktori etib tayinlagan.

        Keyinchalik 2013-yili tuman xalq ta'limi bo’limiga tarix fani uslubchisi, 2014-2015 yillar So’x tumani xalq ta'limi bo’limining monitoring bo’limi boshlig’i, 2015-2017 yillar tuman xalq ta'limi bo’limida mudir o’rinbosari va 2017-2021 yillar So’x tumani xalq ta'limi bo’limi mudiri vazifasida ishlab kelgan.

        Rahbarlik faoliyati davomida doimo o’ziga ustoz sifatida o’zining akasi Murodjon Temirov, fidoyi ustozlar Orifjon Mustafoyev, Hakimjon Sufiyev, Hakimjon Mahmudov, Nazirjon Qosimov, Vohidjon Aqrabov, Subhiddin Sharofiddinovlardan pedagogik mahoratlari, xalq bilan ishlash kabi qobiliyatlarini o’rganib o’z kasbini sayqal berganidan xursand.


        Lavhamiz qahramoni hayoti tarixiga nazar solsak. Otasi Boboavez Temirov va onasi Zamiraxon Oxunovalar oddiy ishchi bo’lib, 9 nafar o’g’il-qizlarini tarbiyalab, voyaga yetkazib, oliy ma'lumotli bo’lishiga astoydil harakat qilganlar.

        Aslida, So’x tumanida Temirovlarni aka-uka pedagoglar sulolasi sifatida barcha taniydi va alohida hurmat – ehtirom ko’rsatishadi. Akasi Murodjon Temirov oliy toifali boshlang’ich sinf o’qituvchisi – So’x tumani xalq ta'limi bo’limida yetakchi mutaxassis bo’lib ishlagan.

        Ukasi Zaylobiddin Temirov oliy toifali tarix fani o’qituvchisi bo’lib, 30 yildan beri tumandagi 1-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida o’quvchilarga tarix fanidan saboq berib kelmoqda.

        Nasimjon Temirov bo’lsa, ota izidan borib, ota kasbi, hunarmandchilikni tanlagan. Kichkina ukalari Xujand Davlat pedagogika institutining geografiya fakultetini bitirganlar.

        Ustoz Rahimaxon Rahmatulloyeva bilan 1984-yili turmush qo’rgan. Turmush o’rtog’i Rahimaxon Rahmatulloyeva tumandagi 1-5-sonli umumiy o’rta ta'lim maktablari va akademik litseyning oliy toifali rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi sifatida faoliyat kursatgan. Hozirgi vaqtda tumandagi 2-sonli axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabning rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

        Uch nafar farzandning otasi. Katta farzandlari Mansurjon Temirov Farg’ona Davlat Universitetining filologiya fakulteti ingliz tili yo’nalishini bitirib, hozirgi kunda Toshkent huquqshunoslik institutining 3-bosqich talabasi. O’rtancha o’g’li Sobirjon Temirov tadbirkorlik faoliyatini tanlagan. Kenja o’g’li Davlatbek Temirov hozirda Farg’ona politexnika institutining birinchi bosqich talabasi.

        Ustoz 2015-yili Xalq ta'limi vazirining buyrug’i bilan “Xalq ta'limi a'lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.

        Ustoz 2021-yilning 1-martidan So’x tumani xalq ta'limi bo’limiga qarashli 29-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi direktori sifatida ish faoliyatini davom ettirmoqda.

        Amirjon Temirov ta'lim muassasasining rejali ishlarini bajarishda va jamoat ishlarida faol ishtirok etadi. Doimiy ravishda o’z malakasini, ilmiy nazariy saviyasini oshirish ustida qat'iyat va sabr – toqat bilan izlanadi.

        Amirjon Temirov har ishda tashabbuskor, to’g’riso’z, kasbdoshlari va mehnat jamoasi a'zolariga mehribon, g’amxo’r. Shu bois ham kasbdoshlari va mehnat jamoasi a'zolari o’rtasida alohida hurmat va e'tiborga sazovor bo’lgan.

        Amirjon Temirov muassasa ish faoliyatini amaldagi qonunchilik va yo’riqnomalar asosida tashkillash, maktab hududini obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarisha katta e'tibor qaratadi.

        Birgina 2021-2022 o’quv yilining o’zida ta'lim muassasasida 150 tup olma, 100 turp yong’oq, 30 tup o’rik, 500 tupdan ortiq turli xildagi gullar ekilishini tashkil etib, “Yashil makon” loyihasini amalga oshirishida mehnat jamoasi bilan ijobiy ishlarni yo’lga qo’ydi. Samarali mehnat natijasi o’laroq So’x tumani xalq ta'limi bo’limi tasarrufidagi 29-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi “Obod maktab” onlayn ekologik tanlovining respublika bosqichi g’olibi bo’lib Xalq Ta'limi Vazirligining diplomi bilan taqdirlandi.

        Jinoyatchilikninng oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyundagi 175 sonli “Oila-mahalla-ta'lim muassasasi” markazi ishini yo’lga qo’yib, maktab va maktab hududidagi o’quvchilar o’rtasida huquqbuzarlik jinoyatlarining oldini olishda hamkorlikni yo’lga qo’ydi.

        Xalq ta'limi Vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 16-MH sonli buyrug’i asosida Ko’zatuv Kengash ishini samarali yo’lga qo’yib, maktab hayoti va boshqaruviga demokratik tamoyillarni joriy qilib, maktab boshqaruviga ochiqlik va shaffoflik g’oyalarini joriy etishga hissa qo’shib kelmoqda.

        “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining o’ttiz bir yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, sog’liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san'at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to’g’risida”gi Prezident farmoniga asosan So’x tumanidagi 29-umumiy o’rta ta'lim maktabi direktori Temirov Amirjon Boboavezovich «Do’stlik» ordeni bilan taqdirlandi. Taqdir taqozosini qarangki, ordenni ustozga Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o’z qo’llariga topshirdilar. Mana shunday hayoti ertakka o’xshagan mehnatkash fuqarolarimiz borki, So’xning, buyuk Vatanimizning muqaddas nomi kelajak avlodlarga munosib meros va oliy qadriyat sifatida o’taveradi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram