Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI LENBUR MAHALLASI FUQAROLARI BILAN UCHRASHDI

×

 2022-09-28 14:26:07    55

PDF yuklash
Chop etish


        So’x tumani hokimi SAyidbahrom Sayidmusayev ishtirokida Lenbur mahalla fuqarolar yig’inida sayyor qabul o’tkazildi. Sayyor qabulda mahalla ahli murojaatlari tinglandi va fuqaroalrni qiynayotgan muammolar o’rganildi.

        Sayyor qabul avvalida tuman hokimi davlatimiz rahbari tomonidan fuqarolar muammolarini o’rganish bo’yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va bunday qabul va uchrashuvlar samarasi haqida gapirib, ayni ushbu yo’nalishda xalqimizni qiynayotgan muammolar bosqichma bosqich hal etilayotganini ta'kidladi. Mahalla fuqarolari ham muvaffaqiyatlar qatorida aholini qiynayotgan muammolar hal etilayotganidan minnatdor ekanliklarini bildirdilar.

        Tuman hokimiga asosan Lenbur mahallasida Prezidentimizning 20-sonli qarori asosida berilayotgan ekin yer maydonlari va ularni olish tartibi. mahallada ichki ko’chalarni ta'mirlash, hududda sug’orish suvi ta'minoti, tabiiy gaz yetkazib berilishi holati, ichimlik suvi ta'minoti va So’x daryosi qirg’oqlarini mustahkamlashda amaliy yordam ko’rsatish masalalarida murojaat etdilar. Barcha muammo va kamchmliklarni yechish maqsadida amaliy ishlar qilish uchun zaruriy chora-tadbirlar asosida ish olib borilayotgani qayd etildi.

        Tuman hokimi uchrashuvdan so’ng mahallada barpo etilgan yangi oilaviy shifokorlik punktini borib ko’rdi. Mahalla ahli va nuroniy otaxonlar berilayotgan e'tibor uchun minnatdorchilik bildirdilar.

        Mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ham ko’zdan kechirildi. - Berilayotgan e'tiborga javoban har birimiz mahalla obodligiga hissa qo’shishimiz lozim, - dedi tuman hokimi mahalla mutasaddilariga.

        Shuningdek, tuman hokimi sayyor qabuldan so’ng Devayron mahallasida bo’ldi va bu yerda barpo etigan yangi ko’p qavtli uy-joylar va bu hududdagi obodonlashtirish ishlar jarayonini ko’zdan kechirdi. Rishton tumanidan kelgan tadbirkor Abrorjon Aripjonov bilan so’hbat jarayonida uy-joylar hududiga bolalar maydonchalari va attraktsionlar barpo etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram