HARAKAT QILSA, INSON TOSHDA HAM GUL PARVARISHLAY OLADI
2022-09-14 18:35:45 135
Suratda ko’rayotganingiz, Qal'acha mahallasining Javpaya massivi. Bu bepoyon sahrolarda asrlar osha chorva-mollar boqilgan xolos. Unumsiz deya baholangan bu yerlarda ziroat yetishtirilmagan. Shu kungacha mazkur hududdagi yerlarga "qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan" yoxud "oborotdan chiqib ketgan yerlar" deya ta'rif berilgan. Lekin, harakat qilinsa, intilinsa, "tosh ham gullar ekan".
Pastdagi suratda shu mavzeda yetishtirilgan birinchi tut daraxti va oshqovoq. Tabiat hodisalari va "egri qo’llardan" himoyalash maqsadida ushbu ko’chatni o’tqazgan INSON uni turli himoya vositalari bilan o’rab olibti. Aytib bo’lmaydida...
Ushbu suratni Sizlarga ulashishdan asosiy maqsad - tashabbus va harakat samarasini ko’rsatish va qilingan intilish natijasini havola etish xolos... Demak, "qilsa, bo’lar ekanda"... Harakat qilinsa, toshda ham gul undirish mumkin ekan.
Ishonchimiz komilki, Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshlagan tashabbus Javpaya massivida o’z samara va natijasini beradi. Bunga faqat ishonish, intilish, harakat qilish va sidqidildan mehnat qilish kerak xolos. XAYRIXOHLIK BILAN...
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram