HARBIY QISMDA YOSHLAR VA VATAN HIMOYACHILARINING UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI
2022-09-14 17:10:56 127
Mahallarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasining 2022 yil 14 may kungi “Farg’ona viloyatidagi mahallarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi yig’ilish bayonining 12.6 bandi ijrosini ta'minlash maqsadida 2022 yil 9-16 sentyabr kunlari davomida Farg’ona viloyatida “Yoshlar jinoyatchiligini oldini olishda Farg’ona viloyati tajribasi” haftaligini tashkil etish belgilangan.
Shu munosabat bilan bugun So’x tumanidagi yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tumandagi 12494-sonli harbiy qismiga sayohat tashkil etildi. "Askarning bir kunlik hayoti" shiori ostida mazkur dargohda harbiy-vatanparvarlik tadbiri bo’lib o’tdi.
Bo’lib utgan uchrashuvda yoshlar askarlarning bir kunlik hayoti va kundalik vazifalari bilan tanishdilar. Harbiy qism askar va zobitlari tomonidan Vatanimizni himoya qilishda vafot etgan qahramonlar haqida ma'lumotlar berildi. Harbiy qismda tashkil etilgan “Xotira” majmuasi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, mazkur tadbirda yoshlar uchun harbiy qurollar ko’rgazmasi tashkil etildi.
O’tkazilgan tadbirda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari iqtidori va Vatan himoyachilarining hayoti haqida hayotiy misolar asosida ma'lumotlar yetkazildi. Yoshlar ishlari agentligi So’x tumani bo’limi va 12494-sonli harbiy qism hamkorligida o’tkazilgan uchrashuv samimiy muloqot tarzida o’tdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram