Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVOBOD MAHALLASIDA QURILGAN YANGI UY-JOYLAR O’Z EGALARINI KUTMOQDA

×

 2022-09-14 15:22:34    121

PDF yuklash
Chop etish


     Chashma va Devayron mahalla fuqarolar yig’inlari hududida qurib, foydalanishga topshirilgan yangi ko’p qavatli uy-joylar bugun o’sha hudud ko’rkiga yangi chiroy qo’shmoqda desak, mubolag’a emas. Tumanimizda bunday ko’p qavatli uy-joylardan yana to’rttasi foydalanishga topshirish arafasida.

        O’Zbekiston Respublikasi Prezidentining 4798-sonli qarori asosida tumanimizning Navobod mahalla fuqarolar yig’ini hududiga 4 dona 5 qavatli 120 xonadonli uy qurilishi rejalashtirilgan bo’lib, ayni kunda ushbu uylarda oxirgi ishlar olib borilmoqda. Tuman hokimi o’rinbosari Sodiqjon Murzoyevning so’zlariga ko’ra, bugun ushbu xonadonlarga tabiiy gaz quvurlari tortish ishlari olib borilmoqda.

        - Barcha kommunikatsiya tarmoqlarini joyiga qo’yish ishlari yaqin kunlarda oxiriga yetkaziladi. Uylarni o’z egalariga topshirish sentyabr oyining oxirgi dekadasiga rejalashtirilgan, - deydi hokim o’rinbosari.

        Qurilgan barcha uy-joylar uchun davlatimiz xazinasidan 20 milliard 186 million so’m mablag’ yo’naltirilgan. Qurilish ishlari tumanimizning "Xushbaxti So’hrobzod" MChJ, "Arslon Ekspress" MChJ, "Soxtmonchii mohiri So’xzamin" MChJ va "Guzari omadi Lazina"MChJ tomonidan amalga oshirildi.

        Ma'lumot uchun: tuman buyicha 2021 yil hisobiga 24 ta 110 milliard so’mlik ijtimoiy soha obektlarda rekonstruktsiya qilish, mukammal ta'mirlash va yangi qurilish ishlari hamda 36 milliard so’mlik 7 ta 4-5 qavatli uy-joylar qurish ishlari olib borilmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram