Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR TARBIYASIGA NURONIYLAR HAM MAS'UL

×

 2022-09-14 15:19:08    67

PDF yuklash
Chop etish


     So’x tumanidagi madaniyat uyi bunosida tuman mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i, tuman adliya bo’limi boshlig’i, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, Yoshlar Ittifoqi So’x tumani Kengashi raisi hamda jamoatchilik orasida hurmatga ega bo’lgan nuroniylar ishtirokida “Nuroniylar va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi.

        O’zbekiston yoshlar ishlari agentligi So’x tumani bo’limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda tumandagi 2-sektor hududidagi mahallalar yoshlari qatnashdi.

        Tadbirda so’zga chiqqanlar yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatchilik, ularning turli yot g’oyalar ta'siriga tushib qolayotgani haqida so’z bordi. Shuningdek, bunday ko’ngilsizliklarning oldini olishda keksa avlod vakillarining ham yordamiga suyanish kerakligi aytib o’tildi.

        – Nuroniylarimiz boy hayotiy tajribasidan kelib chiqib, yoshlarni tarbiyalash, oilalarda sog’lom muhitni shakllantirishda biz mahalla yoshlar yetakchilari albatta ularga suyanamiz. Aynan ular yordamida mahallamizda “Bir nuroniyga o’n nafar yosh” loyihasini yo’lga qo’yib, yoshlar tarbiyasiga alohida e'tibor qaratganmiz, - deydi Sarikanda mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar etakchisi Hayitboy Hasanov.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram