“AYOLLAR DAFTARI” DAGI XOTIN-QIZLARGA HUQUQIY YORDAM KO’RSATILMOQDA
2022-08-31 16:44:39 111
Respublikamizda xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ular manfaatini himoyalashga doir qonuniy asos yaratilgan bo’lib, ushbu yo’nalishda huquqni himoya qilish organlari vakillari tomonidan ham keng qamrovli ishlar amalga oshirilyapti. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad xotin-qizlar, ayniqsa “Ayollar daftari”dagi fuqarolarimiz manfaatini huquqiy tomonidan himoyalashdan iborat.
So’x tumani jinoyat va fuqarolik ishlari buyicha So’x tuman sudlari raislari tomonidan ushbu yo’nalishda olib borilayotgan targ’ibot tadbirlari o’zining natijalarini berayotir. Joylarda tashkil etilayotgan uchrashuv va davra so’hbatlarda ham xotin-qizlar faollik bilan ishtirok etishayapti. Soha vakillarining so’zlariga ko’ra, bunday tadbirlar tumanimizning barcha hududlarida o’tkazilishi rejaga kiritilgan.
Tumanimizning Istiqlol, So’x, Rovon mahalla fuqarolar yig’inlarida tashkil etilgan uchrashuvlarda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin- qizlarga huquqiy yordam ko’rsatildi. Uchrashuvlar davomida ishtirok etgan xotin-qizlar mutasaddilardan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram