Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANI MEVALARI XORIJGA EKSPORT QILINMOQDA

×

 2022-08-27 17:13:32    149

PDF yuklash
Chop etish


        Qishloq xo’jaligini rivojlantirish, sohada islohotlarni amalga oshirishga qaratilayotgan barcha sa'y-harakatlarda xalqimiz dasturxonini to’kin-sochin qilish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashdek ezgu maqsadlar mujassam. Aytish lozimki, So’x tumani asosan kartoshkachilikka ixtisoslashgan tuman bo’lsada, sohada olib borayotgan islohotlar samarasi o’laroq, tumanimizda uzum, qovun-torvuz, tsitrus mevalar parvarishi ham yo’lga qo’yildi.

        So’x tumanida ham ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari tashkil etilib, mirishkor dehqonlarimiz yuqorida nomi zikr etilgan ziroatlarni ham parvarishlab, ichki bozor va aholi dasturxoni to’kinligiga o’zlarining salmoqli hissalarini qo’shishmoqda. Natijada soha vakillari munosib daromad olishga ham muvaffaq bo’lishayotir.

        - Bizning ko’p tarmoqli fermer xo’jaligimiz tumanda birinchi qaldirg’ochlardan hisoblanadi. 1993 yili tashkil etilgan "Sohibkor" fermer xo’jaligida bugungi kunda asosan uzum, nok, olma va shaftoli parvarishi yo’lga qo’yilgan. Daromadimiz yaxshi. Olingan foydadan har yili yangi qishloq xo’jaligi texnikalari sotib olamiz, - deydi biz bilan so’hbatda "Sohibkor" fermer xo’jaligi raisi Islom Dodoyev.

        Darhaqiqat, tumandagi ko’p tarmoqli "Sohibkor" fermer xo’jaligi tumanda birinchilardan bo’lib tashkil topgan. Bog’dorchilikka ixtisoslashgan ushbu xo’jalikda asosan eksportbop mevalar yetishtirilmoqda. Olingan daromad hisobidan esa, tadbirkor asosan mahalla obodonchiligiga sarflaydi.

        Mazkur xo’jalikda uzumning "Husayniy", "Rizamat", shaftolining "Chempion", "Nektarin", "Lola" navlari parvarishlanadi. Xo’jalikda parvarishlanayotgan nok yaqin kunlarda Rossiyaga eksport qilinadi.

        Ha, "mehnatdan kelsa boylik, turmush bo’lar chiroyli" deb bejiz aytishmagan dono xalqimiz. Bu yilgi daromadidan ham (bu esa 200 000 000 so’mni tashkil etadi) fermer mahalla obodligiga hisasa qo’shish niyati bor.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram