AHOLI SALOMATLIGI YO’LIDA
2022-08-27 17:04:06 129
Respublikamizda aholi salomatligini mustahkamlash, fuqarolar sog’lig’ini saqlashga qaratilgan e'tibor zamirida inson qadri va uning manfaati mujassam. Binobarin, ushbu yo’nalishda davlamtimiz rahbari e'tibori va bevosita ko’rsatmalari asosida eng chekka hududlarda ham arzirli ishlar amalga oshirilayotir.
Ayni kunda tumanning 1-sektori hududidagi Devayron mahalla fuqarolar yig’inida yangi aholiga tibbiy xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan tibbiyot punkti tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Mazkur yangi mahalla tibbiyot punkti ixchamligi bilan ajaralib turadi. Konteynerlar asosida tashkil etilayotgan mazkur tibbiyot punkti tumanimizning barcha hududlarida tashkil etilishi ko’zda tutilgan.
- Bunday tibbiyot punktlarini tashkil etishdan asosiy maqsad aholiga tez va siftali tibbiy yordam ko’rsatishni yo’lga qo’yishdan iborat. Kuni kecha shunday tibbiy punkt Malbut mahallasida barpo etildi va ayni damda aholiga xizmat ko’rsatmoqda, - deydi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i Usmonjon Mamadaliyev.
Devayrondagi mazkur tibbiy punkt yangi ko’p qavatli uy-joylar joylashgan hududda barpo etilmoqda. Istiqlolimizning 31-yillik to’yi arafasida foydalnishga topshirilishi rejlashtirilayotgan mazkur tibbiy maskanda to’rt nafar tibbiyot xodimining bandligi ta'minlanadi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram