BOLALAR NAFAQASI TAYINLASH KIMGA (NIMAGA) BOG’LIQ?
2022-08-25 17:42:30 138
Bugun aholi tomonidan bolalar nafaqasini to’lash, moddiy yordam me'yorlarini aniqlash yuzasidan ko’p murojaatlar tushadi. Tabiiyki, aniq ma'lumotlarga ega bo’lmagan fuqarolarimiz orasida ushbu yo’nalishda turli xil mish-mishlar ham paydo bo’ladi.
Ayni shu masalada Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida tuman byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi mutasaddilari mahalla ahli bilan uchrashuv o’tkazdilar va mazkur tadbirda yig’ilganlarga mutaxassislar tomonidan 18-yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga yagona bolalar nafaqasi va ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam tayinlash, belgilangan me'yor va me'yoriy xujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to’g’risida tushunchalar berildi.
Tuman BTPJ bulim boshlig’i Saydali Temiraliyevning ma'lumotiga ko’ra, amaldagi qonunchilik va joriy etilgan tartibga ko’ra, bolalar nafaqasi va boshqa to’lovlarni tayinlash tartibi yagona platforma orqali amalga oshiriladi va bunday ishlar eng avvalo, korruptsion harkatlarni oldini olishga qaratilgan.
- Bolalar nafaqasini tayinlashdagi yagona talab bu ota-onaning doimiy ish joyi bilan ta'minlanganligidir. Agar bolaning otasi yoki onasi ishsiz bo’lsa, 18 yoshgacha bola nafaqasi tayinlanmaydi va bu qonunda aniq ko’rsatilgan, - deydi S. Temiraliyev.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram