Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MALBUTLIKLARGA YANGI TIBBIYOT PUNKTI SOVG’A QILINDI

×

 2022-08-25 17:29:16    55

PDF yuklash
Chop etish


        Joriy yilning mart oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida "Tibbiyotdagi islohotlar - inson qadri uchun" mavzusidagi ochiq muloqotda sohani isloh qilishga qaratilgan amaliy ishlarning samarasini bugun chekka hududlarda joylashgan fuqarolarimiz ham his etishmoqda. Bugun tumanning eng chekkasida joylashgan Malbut mahallasida yangi mahalla tibbiy punkti foydalanishga topshirildi.

        Aytish lozimki, Malbut qishlog’i So’x tumanining eng chekka hududi hisoblanadi. Qishloq ahlini qiynayotgan muammo va kamchiliklar bosqichma bosqich bartraf etilayotgani islohotlar samarasidan darak beradi. Yaqinda tik quduq kovlash tufayli mahallaga "obi hayot" kirib keldi.

        Bugun Malbut va malbutliklar yana xursandchilik va shodiyona og’o’shida. Istiqlolimizning 31-yillik bayrami arafasida ushbu tibbiy punktning foydalanishga topshirilishi qishloq ahli uchun chinakam bayram sovg’asi bo’ldi desak, aslo mubolag’a qilmagan bo’lamiz.

        - Darhaqiqat. bugungi shodiyona va tantana biz uchun tarixiy voqea sifatida mo’hrlanadi. Bu istiqlolning 31-yillik to’yi arafasida bizlar uchun berilgan ne'matdir. Endi bizning qishloqda ham tibbiy punkt bor. Ishimiz tushganda har doim markaz tomon oshiqardik - bu ovoragarchilik va katta xarajatga sabab bo’lardi. Buning barchasi Prezidentimizning bizga bo’lgan e'tibori samarasi deb uylayman. Buning uchun Prezidentimizga katta rahmat. Biz Malbutliklar davlatimiz rahbari siyosatidan rozimiz, - deydi mahalla faoli Boboorzu Boboqobilov.

        Tadbirda ishtirok etib so’zga chiqgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barcha Malbut ahlini ushbu shodiyona kun bilan tabriklab, tibbiy punktni barpo etishda mehnat qilgan fidoiylarga esdalik va qimmatbaho sovg’lar taqdim etdi. Tuman sektorlari rahbarlari ham malbutliklarni samimiy qutlashdi.

        Ezgu tilaklar bilan yangi tibbiy punktning ramziy lentasi qirqildi. Tadbir ishtirokchilari tibbiy punktda yaratib bergan sharoitlar bilan tanishdi. Endilikda ushbu tibbiyot maskani 1 200 nafardan ortiq Malbut qishlog’i aholisiga xizmat qiladi. Bunday sovg’adan qishloq ahli mamnun va minnatdor.

        Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i Usmonjon Mamadaliyevning ma'lumotiga ko’ra, mazkur tibbiy punkt tuman markaziy poliklinikasi negizida tashkil etilgan bo’lib, ushbu tibbiyot maskaniga 1 nafar vrach, 2 nafar tibbiyot xodimi va 1 nafar texnik biriktiriladi. Ya'ni 4 nafar fuqarolarimiz o’zining doimiy ish joyiga ega bo’ladi.

        Samimiy tilaklar bilan boshlangan tadbir haqiqiy tantanaga aylanib ketdi. Tuman hokimi so’zlariga ko’ra, tibbiyot punktining hududiga yaqin kunlarda bolalar uchun sport maydonchasi tashkil etiladi va yangi bog’ ham barpo qilinadi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram