Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JARAYON

×

 2022-08-24 19:56:59    42

PDF yuklash
Chop etish


Bugun So’x tumaniga Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tashrif buyurdi. Viloyat hokimi tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va islohotlar jarayoni bilan tanishdi. Tashrif chog’ida:

✅Tashrif avvalida viloyat hokimi Sohibkor mahallasida “Tul world market” MChJ tomonidan barpo etilayotgan yangi zamonaviy bozorning qurilish jarayonini ko’zdan kechirdi;  

✅Javpaya massivida qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan yerlardan samarali foydalanish maqsadida olib borilayotgan ishlar jarayoni ko’zdan kechirildi;    

✅Devayron mahallasidagi “Tristar Go” tikuvchilik korxonasidagi ishlar ko’zdan kechirildi;

✅Viloyat hokimi ishtirokida Oftobru mahallasida barpo etilgan yangi 30-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi foydalanishga topshirildi;

✅“Sohil” dam olish majmuasida istiqlolning 31-yillik bayrami munosabati bilan 31 nafar kam ta'minlangan fuqarolar farzandlarining “Sunnat to’yi” o’tkazildi;

✅Sarikanda mahallasidagi 9208-harbiy qismi askar va zobitlariga yangi uylar kalitlari topshirildi;

✅Qiymati salkam 95 milliard so’m bo’lgan Qayroq suv nasos stantsiyasida olib borilayotgan ishlar ko’zdan kechirildi va viloyat hokimi tomonidan Qayroq massiviga suv tortish ishlariga start berildi;

✅Bevosita Qayroq massivining bepoyon kengligida bo’lgan viloyat hokimi mavzening istiqbollari xususida o’zining taklif va tavsiyalarini berdi;

✅Viloyat hokimi Demursad mahallasidagi “Mirzoqurbon” ishlab chiqarish firmasi faoliyatini ko’zdan kechirdi;

✅“Kardioservis Al-Hakim” xususiy klinikasida bo’lgan viloyat hokimi mazkur tabobat maskani istiqbollari xususida tadbirkor bilan so’hbatlashdi va majmuaning ikkinchi blokini ishga tushirish uchun kredit olish masalasi hal etildi;

✅Prezidentimiz Farmoni bilan “Mehnat shuhrati” ordeni olgan Subhiddin-ota Sharofiddinov xonadonida bo’lgan viloyat hokimi otaxonni tabriklab, samimiy so’hbatlashdi;

✅Sharqobod mahallasida joylashgan harbiy qismning bir guruh askar va zobitlar oilalariga yangi qurilgan uy-joylar kalitlari tantanali tarzda taqdim etildi.

Bizni kuzatishda davom eting.

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram