Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 197 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAKTABLARIMIZ YANGI O’QUV YILIGA TAYYORMI?

×

 2022-08-23 14:07:26    75

PDF yuklash
Chop etish


     Yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish ishlari tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tomonidan 1-sektor hududi – G’aznov mahallasidagi 21-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi misolida o’rganildi. Maktabga tashrif buyurgan tuman hokimi ta'lim muassasasida olib borayotgan tayorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

        Maktab bu yili ta'mir dasturiga kiritilmagan bo’lsada, biroq maktab ma'muriyati sa'y-harakati va tuman xalq ta'limi bo’limi ko’magi bilan imkoniyat darajasida ta'mirlangan. Tuman hokimi eng avvalo, ta'mirlash ishlarida rang tanlashga alohida e'tibor qaratish lozimligini qayd etdi. Chunki rang va asosan sinfxonalardagi tanlangan bo’yoq ranglari o’quvchilar psixologiyasiga ham  ta'sir ko’rsatadi. Darslarni o’zlashtirish ko’rsatgichi va darajasiga ham sinfxonalarning rangi ta'sir ko’rsata olishi mutaxassislar tomonidan akniqlangan fakt hisoblanadi.

        Maktab ma'muriyatiga ba'zi sinfxonalar rangini o’zgartirishga taklif bergan tuman hokimi moddiy jihatdan imkoniyat darajasida amaliy ko’mak berishni ham ta'kidladi. Maktab obodonchiligiga ham alohida e'tibor berish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

        Maktab pedagogik jamoasi bilan bo’lib o’tgan so’hbatda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ishlari birobarida 2021-2022-o’quv yilida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar ham sarhisob qilindi. Tuman xalq ta'limi bo’limi mutasaddilarining bizga bergan ma'lumotlariga asosan 21-sonli maktab o’quvchilari – bitiruvchilarining oliy maktablarga kirish ko’rsatgichi tuman miqyosida eng yuqori deb baholangan.

        Ishonchimiz komilki, maktabning pedagogik jamoasi ushbu ko’rsatgichni yanada ko’paytirilishida astoydil mehnat qilishadi. Uchrashuv davomida maktab pedagogik jamoasi o’zlarining muammolari va maktabdagi kamchiliklar yuzasidan ham tuman hokimiga murojaat etdilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram