Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA ICHKI TURIZMIN IRIVOJLANISHI UCHUN KATTA IMKONIYAT BOR - TUMANING GO’ZAL TABIATI BUNGA ASOSIY OMIL BO’LA OLADI

×

 2022-08-23 10:30:41    43

PDF yuklash
Chop etish


        Tumanimizda ichki turizm rivojlanishiga omil bo’ladigan bir nechta omillar bor. Birinchi va eng asosiy omil bu So’xning go’zal va betakror tabiati sanaladi.

        Xabaringiz bor, Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning tumanga qilgan tashrifi chog’ida 1-sektor hududidagi Surati massivi ko’zdan kechirilib, ushbu joyda turizm maskani barpo etilishi yuzasidan ko’rsatmalar berilgan edi. Tuman hokimi o’rinbosari Adhamjon Safarovning ma'lumotiga ko’ra, ushbu hududda mutaxassislar tomonidan o’rganishlar olib borilgan va mazkur hududning turizm salohiyatiga oid loyiha ham taqdim etilgan.

        O’zi So’x tumanida ziyorat qiladigan muqaddas qadamjolar ham borki, ular ham ichki turizm rivojlanishiga omil bo’la oladi. Tuman hokimi tomonidan berilgan ko’rstamalarga asosan ayni kunda tumandagi ushbu maskanlarni obod qilinishi bo’yicha ishlar olib borilayotir.

        "Shayxi kulolon" yoxud "Kulollar shayxi" ziyoratgohi tumanning Qal'acha mahallasida joylashgan bo’lib, o’ziga xos ta'rixga ega. Mazkur ziyoratgohda bo’lgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev bir guruh ziyoratchilar bilan uchrashdi va ziyoratgohda dam olayotganlar, asosan yoshlar darhaqiqat, tumanda turizmni rivojlantirishga omillar ko’pligini aytib o’tishdi.

        Qal'acha mahallasi raisi Fayoziddin Tojiddinovning so’zlariga ko’ra, ushbu ziyoratgohga nafaqat tumanimizdan, balki boshqa shahar va tumanlardan ham ziyoratchilar kelishadi. Shuning uchun, ushbu ziyoratgohni yanada obod qilish maqsadida saxovatpesha homiylar kumagida yangi dam olish shiyponlari barpo etilayapti.

        Darhaqiqat, tumanimiz bugun barchaning diqqat-e'tibori markazida. Agar ushbu yo’nalishda tizmili ishlar olib boriladigan bo’lsa, So’x tumani yangi Uzbekistonning eng maftunkor turizm uchog’iga aylanishiga ishonamiz. So’xning maftunkor va betakror tabiati turizm jozibardorligiga asosiy omil bo’la oladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram