Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JARAYON

×

 2022-08-23 10:27:01    80

PDF yuklash
Chop etish


        1-sektor hududidagi Sohibkor mahallasida joylashgan "Ozod" shirkat xo’jaligiga qarashli hududni obodonlashtirilishi bo’yicha tuman hokimi tomonidan shirkat xo’jaligi raisiga tegishli topshiriqlar berilgan edi. Berilgan topshiriqlarni bajarishga bel bog’lagan shirkat xo’jaligi vakillari o’zlari bugun obodonlashtirish ishlarida faollik ko’rsatishayotir.

        - Istiqlolimizning 31-yillik to’yini munosib kutib olish maqsadida biz ham chekkada turmasdan, harakat qilayapmiz. Shirkatning qishloq xo’jaligi mahsulotlari ombori kichik sanoat zonasi hududida joylashgani bois, ushbu hududni yana obod qilishga azm qildik. Barcha shirkat xo’jaligi ishchi-xodimlari hududni obodonlashtirish maqsadida yangi devor o’rnatishmoqda. Qolaveersa, ushbu hududda bizning chorvachilikka ixtisoslashgan fermamiz ham bor, - deydi "Ozod" shirkat xo’jaligi raisi Musoboy Sotivoldiyev.

        Ayni kunda shirkat a'zolari hududni obodonchiligida astoydil mehnat qilishayotir. Mazkur joyda yangi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlaydigan zamonaviy ombor barpo etiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram