Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TA'MIR ISHLARIGA SALKAM 700 MILLION SO’M YO’NALTIRILGAN MAKTABDA TA'MIR SIFATI QANDAY?

×

 2022-08-20 16:58:38    137

PDF yuklash
Chop etish



        20-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi 1-sektor hududidagi Qal'acha mahallasida joylashgan bo’lib, ayni kunda mazkur maktabda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur maktabni yangi o’quv yiliga tayyorlash ishlarini ko’zdan kechirish maqsadida ta'lim dargohida bo’lgan tuman hokimi Sayidbahroom Sayidmusayev maktab ma'muriyati va quruvchilar bilan uchrashdi.

        Uchrashuv davomida tuman hokimi eng avvalo ta'mir sifatiga e'tibor qaratish lozimligini ta'kidladi. Shuningdek, ta'mirlash jarayonida rang tanlash ham eng asosiy omil ekanligi qayd etildi.

Ta'mirlangan koridor va sinfxonalarni birma bir ko’zdan kechirgan tuman hokimi ishlar sifatini alohida e'tiborga olish lozimligini qayd etdi. Chunki ko’pgina ta'mirlash ishlari ko’p muassasalarda qo’l uchi bilan, nomiga qilingani ma'lum bo’lmoqda. Ayniqsa, ta'mirlash ishlari sifatiga o’qituvchilarning o’zlari ham tanqidiy baho berayotgani bu sohada o’zgarish qilish lozimligini taqozo etadi.

        Qurilish ishlarida eng avvalo ta'mir sifatiga e'tibor qaratish, sohada barcha korruptsion holatlarga barham berish, unga qarshi kurash va bu holatlarga yo’l qo’ymaslik Farg’ona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha o’rinbosari Isaqov Xojiqo’zijon tomonidan So’x tumanida amalga oshirilgan o’rganish ishlari va tashrifi chog’ida ham qayd etilgan edi. O’sha tashrif jarayonida bir necha qurilish tashkilotlari mutasaddilari ogohlantirilib, bu bo’yicha qattiq topshiriq va ko’rsatmalar ham berilgan edi.

        Tuman hokimi ham maktabda shu kabi holatlarga yo’l qo’maslikni ta'kidlab, maktabdagi o’qituvchilar xonasini ham zamonaviy tarzda tashkil etish bo’yicha takliflar berdi. Maktabga kiraverishdagi binoni ham zamonaviy tarzda barpo etishda tuman hokimligi amaliy ko’mak ko’rsatishini qayd etgan tuman hokimi maktab obodonchiligiga ham katta e'tibor qaratish lozimligini qayd etdi.

        Ma'lumot o’rnida: Qal'acha mahallasidagi 20-sonli UO’T maktabi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 98-sonli qarori asosida joriy ta'mir dasturiga kiritilgan. Dastur asosida maktabning ta'mirlash ishlariga 698 milion so’m mablag’ yo’naltirilgan bo’lib ayni kunda muassasada ta'mirlash ishlari davom etyapti.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram