Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYADA YANGI HAYOT MAYSALARI NISH URMOQDA

×

 2022-08-20 16:53:35    51

PDF yuklash
Chop etish


        Bir paytlar ninachi va boshqa hashoratlar makoni bo’lgan Javpaya massivi bugun o’zgarmoqda. Yang hayot nafasi tobora yetib borayotgan Javpayada bugun o’zgarishlar katta.

        Farg’ona viloyati hokimi tashabbusi bilan tumanimizda yangi ekohudud - yangi siymodagi Javpaya massivi paydo bo’ldi. Qishloq xo’jaligida foydalnamaydigan yerlarda bugun tajriba-sinov asosida ziratlarning ko’p navlari yetishtirilmoqda.

        Anor, namatak, oshqovoq, no’xat, olma, o’rik, uzum ekilgan marzalarda hayot, yashashga bo’lgan intilishni ko’rasiz, Demak, harakat qilinsa, barcha orzu-niyatlarga erishsa bo’larkan.

        Faqat tabiat injiqliklari va iqlim sinovlariga dosh bera olish lozim. Sabr va matonat bilan ishlasak, mehnat qilsak, marra bizniki.

        Buni bu yili barpo etilgan issiqxonalaridan daromad va foyda olgan tadbirkorlar yaxshi bilishadi va tushunishadi. Axir, harakat qilinmasa, barakat qaydan keladi? 

        Javpaya massivida bo’lgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev bog’ barpo etilgan maydon, kavrak plantatsiyasi, barpo etilgan issiqxonalar, anorzorlar va tok ekilgan maydonni ko’zdan kechirdi.

        Yana bir muhim jihat: bugun Qal'acha mahallasida Javpayani "obi hayot" bilan ta'minlash maqsadida yangi suv ombori qurilishi davom etmoqda. Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtirilgan bu inshoot ham yaqinda foydalanishga topshiriladi. Ayni kunda quruvchilar inshootni ko’tarish ishlarida astoydil mehnat qilishayotir.

        Agar Javpayaga "obi hayot" yetib kelsa, (va bu albatta, amalga oshiriladi) bu go’sha haqiqiy daromad manbaiga aylanadi. Barpo bo’ladigan yangi ekohudud ichki turizm makoniga aylanishi ham mumkin. 

        Agar tumanimizda ichki turizm rivojiga asos solinsa, fuqarolarimizga qo’shimcha daromad manbai yaratiladi. Ishoning, bu kunlar albatta bo’ladi va chekkan barcha mashaqqatlarimiz unut bo’ladi.

        Zotan, biz ertakni haqiqatga aylantiradigan kuchga egamiz. Bu kuch - DAVLATIMIZ E'TIBORIDIR!

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram