Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 202 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” – KAMOLOT SARI YO’L

×

 2022-08-20 16:48:00    104

PDF yuklash
Chop etish


     “Besh tashabbus olimpiadasi” bugungi yoshlarning chinakam mahorat va iste'dodini namoyon etuvchi maydonga aylanib ulgurdi. Chunki bu tizim orqali biz iste'dodli, o’ziga xos mahoratga ega yoshlarimiz nomi bilan tanishmoqdamiz.

        Xabringiz bor, avgust oyi “Besh tashabbus olimpiadasi”ga yoshlarni keng jalb qilish maqsadida "Targ’ibot oyligi" deb e'lon qilingan.

        Bu tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlarni kengroq ushbu bellashuvlarga jalb etish, ular orasidan eng iqtidorli va mahorat egasini tanlab olishdan iboratdir. 

     Chunki musobaqa tartib-qoidalariga va Nizomiga ko’ra, “Besh tashabbus olimpiadasi” bellashuvlarida g’olib bo’lgan yoshlar vakiliga bir qator imtiyozlar beriladi va eng asosiysi, bu imtiyozlardan boshqa mahalla yoshlari ham foydalanishadi. Qisqacha qilib aytadigan bo’lsak, “Besh tashabbus olimpiadasi” sport rivojiga asosiy omil bo’lib xizmat qiluvchi tizim hisoblanadi.

        Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inida ayni kunda targ’ibot oyligi doirasida mahalla yoshlar yetakchisi Hayitboy Hasanov sa'y-harakati bilan tizimli ishlar olib borilmoqda. Yoshlar yetakchisi targ’ibot ishlarini mahalladagi aholi va yoshlar gavjum joylardan tortib eng chekka hududdagi xonadonlarda ham olib bormoqda. Yoshlar yetakchisi mahalla yoshlarini olimpiadaning ikkinchi mavsumida barcha yo’nalishlarda fa'ol qatnashib Respublika bosqichigacha chiqib, chempionlikni qo’lga kiritishga chorlamoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram