Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 205 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAKTABGA 500 DONA KITOB SOVG’A QILINDI

×

 2022-08-20 16:43:15    89

PDF yuklash
Chop etish


Kitob bilimlar xazinasi, ma'naviyat asosidir. Zotan, eng yaxshi va maqbul sovg’a inson uchun kitobdir.

 Jamiyatimizda kitobxonlikni targ’ib qilish va ayniqsa, bunga yoshlarni jalb etish eng asosiy masalalardan biridir. Shuning uchun, hududlarda kitobxonlikni targ’ib etishga yo’naltirilgan tadbirlar o’tkazilishi an'anaga aylanib qolgan.

 Saribozorcha mahalla fuqarolar yig’ini raisi Valijon Ergashev  va mahallaning yoshlar yetakchisi Muhib A'zamjonov tashabbuslari bilan mahalladagi 29-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabiga 500 dona kitoblar taqdim etildi.

Asosan badiiy adabiyotlardan iborat kitoblar to’plamini maktab direktori Amirjon Temirov qabul qilib olib, tashabbuskorlarga maktab ma'muriyatinig minnatdorchiligini bildirdi.

- Aslida, sovg’aning eskisi yo yangisi bo’lmaydi, ayniqsa, kitobni. Ishonchim komilki, bizga taqdim etilgan kitoblardan maktabimiz o’quvchilari keng foydalanishadi. Tashabbuskorlarga rahmat, - deydi maktab direktori.

        So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram