Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRKORLARNING KICHIK SANOAT ZONASIDAGI FA'OLIYATI QAY DARAJADA?

×

 2022-08-19 10:30:34    58

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlar bandligini ta'minlash, ular uchun doimiy ish o’rinlari yaratish, ularni ishlab chiqarishga jalb etgan holda hudud ishlab chiqarish salohiyatini yanada ko’tarish maqsadida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalari fa'oliyati qay darajada ekanligi tuman hokimning birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan o’rganildi. Ishchi guruh 1-sektor hududidagi Sohibkor mahallasida tashkil etilgan kichik sanoat zonasida bo’ldilar va bevosita har bir loyiha bilan tanishib, tadbirkorlar bilan uchrashdilar.

Sohibkor mahallasidagi kichik sanoat zonasida 11 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo’lib, ayni kunda faqat ikkita loyiha ishga tushirilgani ma'lum bo’ldi.

Ma'lumot uchun: jami 11 loyihaning umumiy qiymati 2 milliard 770 million so’m bo’lib, bundan tadbirkorlarning o’z mablag’i hisobidan jami 1 milliard 520 million so’m va bank krediti hisobidan 1 milliard 250 million so’m mablag’ yo’naltirilishi lozim edi. Jami 11 ta loyihaga 30,5 soxtix yer maydoni ajratib berilgan.

O’rganish davomida loyihalarning kechiktirish sabablari o’rganildi va agar bir hafta muddatda loyihalar to’liq ishga tushirilmasa, tadbirkorlarga nisbatan qonun doirasida chora ko’rish belgilab olindi.

Kommunikatsiya tarmoqlari – elektr energiyasi ta'minotida muammo yo’q. Elektr liniyalari tortilib, kichk sanoat zonasiga transformator yetkazib berilgan va agar loyihalar to’liq ishga tushsa, kichik sanoat zonasi hududi to’liq asfaltlashtirilib, ichimlik suvi ham yetkazib beriladi.

Umid qilamizki, barcha tadbirkorlarimiz yaratib berilgan sharoitlardan unumli foydalanib, samarali fa'oliyat tufayli munosib daromad olish va sarmoyasini ezgu maqsadlarga sarflanishiga muvaffaq bo’ladilar.

        So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram