Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVOBOD OBOD BO’LMOQDA

×

 2022-08-16 10:11:16    46

PDF yuklash
Chop etish


        Aytish lozimki, So’x tumanida ayni kunda keng ko’lamli obodonlashtirish va qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilyapti. Ayniqsa, hududlarda aholini qiynayotgan muammolarning bosqichma bosqich bartaraf etilishi fuqarolarimizning xursandchiligi va mamnunligiga sabab bo’layotir.

        Navobod mahallasida ham investiitson dastur asosida ichki ko’chalarni ta'mirlash ishlari olib borildi. 500 metr masofada mahallaning "Rohat" va "Xirmonteppa" ko’chlarida betonlashtirish ishlari olib borilib, mazkur ishlarga salkam 300 million so’m mablag’ yo’naltirildi.

        Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mazkur mahallada bo’lib, aholi bilan uchrashdi va mahalla ahli ham ushbu ezgu amallarga nisbatan o’zlarining minnatdorchiliklarini bildirishdi.

        - Yoshim 81 da. Bunday obod va ozod zamonni biz ko’rmadik, biroq, baxtli qarilik gashtini surmoqdamiz. Davlatimiz rahbariga rahmat, biz uchun mana shunday e'tibor berib, yo’llarimizni tekis va ravon qilib ta'mirlab beryapti, toza ichimlik suvini xoanadonimizgacha tortib olib keltirib beryapti. Muammolar asta sekinlik bilan hal bo’lyapti. Bularga shukr qilib, xayrixoh bo’lib yashash kerak, - deydi yoshi saksondan oshgan otaxon Fozil-ota Umarov.

        Tuman hokimi ishtirokida mazkur ko’chada tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Istiqlol shukronasi uchun mahalla ayollari chalpak pishirishdi, bolajonlarga chalpakdan ulashildi, yangi betonlashtirilgan ko’chada bayram tashkil etilib, betonlashtirish ishlarida hissa qo’shgan tadbirkor - "Ka'batulloh" xususiy firmasi rahbari Nodirjon Botirovga esdalik sovg’a va tashakkurnoma taqdim etildi.

        Ha, istiqlolimizning shonli 31-yillik to’yi arafasida tumanimiz uzra har kuni mana shunday tadbirlar, xursandchilik tantanalari o’tkazilmoqda. Olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar samarasi o’laroq, xalqimiz eng ulug’ va eng aziz bayramimizni mana shunday halovat va shodiyonalar bilan kutib olishayotir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram