BESH NAFAR KAM TA'MINLANGAN FUQARORLAR FARZANDLARINING “SUNNAT TO’YI” O’TKAZILDI
2022-08-16 10:06:43 136
Kam ta'minlangan, ijtimoiy kumakka muhtoj fuqarolarni qo’llab-quvvatlash, ularga yordam qo’lini cho’zish va ularga nisbatan samimiylik bilan amaliy kumak berish bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani bilan ham ahmiyatldir. Bunday ezgu amallar va xayrli ishlar odamlar orasidagi o’zaro mehr-muhabbat va birdamlikni yanada mustahkamlaydi.
Tuman maktabgacha ta'lim bo’limi tomonidan olib borilayotgan mana shunday ezgu amallar an'anaga aylanib qolgan va kuni kecha bo’lim mutasaddilari yana bir xayrli ishga qo’l o’rishdi. Sharqobod, Yangiariq, Tul, Oftobru, G’aznov va Hazrati Ali mahallalaridagi maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiya olayotgan 5 nafar bolajonlarning “Sunnat to’yi” o’tkazildi.
Mazkur xayriya tadbiri “Sohil” dam olish maskanida bo’lib o’tdi. Tadbirda ishtirok etgan Respublika bosh prokuraturasi, Farg’ona viloyat prokuraturasi, Farg’ona viloyati hokimligi vakillari barcha bolajonlar va ularning ota-onalarini bu shodiyona bilan tabriklab, ularga omad va muvaffaqiyat tiladilar. Mana shunday xayrli va ezgu amallar barqarorligi jamiyatda ahillik va totuvlikni mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etgan mehmonlar bolajonlarga qimmatbaho sovg’alar taqdim etdilar.
Tuman maktabgacha ta'lim bo’limi mudiri Gulnoza Usmonovaning so’zlariga ko’ra, “Sunnat to’yi”ni tashkil etish va o’tkazilishida tuman sektor rahbarlari va saxovatpesha homiylar yaqindan yordam berdilar.
Tadbir viloyatdan kelgan san'at ustalari va tuman madaniyat markazi san'atkorlarining ko’y-qo’shiqlari va ishtirokchilarning raqslari bilan yanada fayzli o’tdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram