Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XONADON SARISHTA BO’LSA, VATAN OBOD BO’LADI

×

 2022-08-15 19:26:38    66

PDF yuklash
Chop etish


     Shuni alohida ta'kidlash lozimki, tumanimiz hududida oxirgi ikki yil davomida keng ko’lali qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilib, o’ziga xos chiroyga ega bo’lgan So’x kundan kunga yanada chiroy ochib bormoqda. Qilinayotgan barcha ishlarning zamirida esa, inson manfaati mujassam.

        Xabaringiz bor, aholini yangi va zamonaviy uy-joylar bilan ta'minlash maqsadida tumanning uchta hududida – Chashma, Navobod va Devayron mahalla fuqarolar yig’inida ko’p qavatli uy-joylar qurilib, ayni kunda Navobod va Devayron mahalallardagi inshootlarning foydalanishga topshirish bo’yicha tayyorgarlik ishlari olib borilyapti. Chashma mahallasidagi uylarda esa, fuqarolarimiz allaqachon istiqomat qilishmoqda.

        Istiqlolning 31-yillik to’yi arafasida Devayron mahallasidagi uylarni foydalanishga, ya'ni o’z egalariga topshirilishi rejalashtirilgan. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mahallada bo’lib, bu bo’yicha olib borilayotgan ishlarni ko’zdan kechirdi. Uylarni foydalanishga topshirilishi kechikayotganligi bois, murojaatlar soni ham ko’paygan. Shu bois, tuman hokimi uy-joylar hududida barcha mutasaddilar bilan uchrashib, bu bo’yicha qattiq topshiriq berdi.

        Uylar hududida obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish bo’yicha bugun tuman hokimi tashabbusi bilan hashar tashkil etildi. Hasharda mahalla ahli, tuman obodonlashtirish boshqarmasi barcha ishchi-xodimlari faollik ko’rsatib, ishtirok etdilar.

        Mahallada fa'oliyat olib borayotgan tadbirkorlar ko’magida maxsus texnikalar jalb etilib, uylar sahni tartibga keltirildi. Tuman hokimi boshchiligida uylar hovlisiga archa ko’chatlari o’tqazildi.

       Hasharchilarga mahalla fuqarolar yig’ini mutasaddilari tomonidan bir piyola choy tashkil etildi. 

        Darhaqiqat, qilinayotgan barcha ezgu amallar bizning manfaatimiz uchun qilinayotganini hammamiz bilamiz. Shuning uchun, biz ham bo’layotgan o’zgarishlarga xayrixoh bo’lgan holda tomoshabin emas, balki bevosita ishtirokchi bo’lsakkina, ko’zlangan maqsad va orzularimizga albatta yetamiz.

                So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram