Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 122 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMANIMIZDA ISTIQLOLIMIZNING 31-YILLIK TO’YIGA TAYYORGARLIK ISHLARI QANDAY KECHMOQDA?

×

 2022-08-15 19:22:02    123

PDF yuklash
Chop etish


        Bugun tuman madaniyat markazida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevning tuman korxona-tashkilot va muassasalar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’inlari yetakchilari va hududlarda fa'oliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ochiq muloqot tarzida bo’lib o’tgan mazkur uchrashuvda tuman hadudlarida olib borilayotgan ishlar tahlil etilib, ushbu ishlar jarayoniga tanqidiy baho berildi.

        Tuman hokimi uchrashuv avvalida tuman hududidagi amalga oshirilayotgan ishlarga to’xtalib, bo’layotgan yangilanish va barcha o’zgarishlar bevosita davlatimiz rahbari e'tibori tufayli bo’layotganini ta'kidlab, afso’ski, ba'zi hudud va mahallalarda bunday e'tiborga yetarli darajada ijobiy javob bo’lmayotganligini qayd etdi.

        Buni mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida ko’rish mumkin. Tumanning Chashma mahallasidan to G’azonvgacha bugun keng ko’lamli qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilyapti, biroq, biz - ba'zi fuqarolar bunday masalaga afso’ski, panja ortidan qaramoqdamiz. Mahalla raislari tomonidan hududni obodonlashtirish bo’yicha yetarli darajada targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmayapti. Shuning uchun, ba'zi mahallalarda obodonlashtirish ishlari ancha oqsamoqda.

        Yashayotgan maskanlarimiz, uy-xonadon va makonlarimizni tozalash, hududdagi ariqlarni tartibga keltirish, ko’chalardagi mavjud ko’chatlar va daraxtlarni oqlash, devorlarni ta'mirlashga oid topshiriqlar berilgan, biroq bunday amallar ba'zi bir mahallarada umuman boshlanmagan, boshlangan mahallalarda esa, ishlar sifati ancha past. 

        Ayniqsa, ushbu kunlarda, ya'ni istiqlolimizning to’yi arafasida bunday mas'uliyatsizlik va xizmat vazifasiga panja ortidan qarash kechirilmaydi. Eng ulug’ va eng aziz bo’lgan bayramimizni ko’tarinkilik va katta shodiyona bilan istiqbol olishimiz shart. Tuman hokimi barcha mahalla raislariga bu bo’yicha qattiq topshiriq berdi. Mas'uliyatsizlikka yo’l qo’ygan raislarga nisbatan qonuniy choralar ko’rish belgilanganligi qayd etib o’tildi.

        Uchrashuv jarayonida hududlardagi obodonlashtirish, qurilish-ta'mirlash ishlari barobarida jinoyatchilikni oldini olish, unga qarshi kurash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashga ham alohida e'tibor qratish lozimligi qayd etildi. Mazkur yo’nalishda hudud profilaktika inspektorlari mas'uliyatin oshirish va ishlarni yetarli darajada olib borishda mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yish lozimligi ta'kidlandi.

        Elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi ta'minoti, mahalallardagi ichki yo’llar holati, boshqa muammolar haqida gapirib, tuman hokimi mazkur tizim rahbarlari ma'lumotini tingladi va ishlarni yaxshi yo’lga qo’yish bo’yicha ko’rsatmalar berdi. Uchrashuv davomida mahalla raislari ham o’z savollari bilan murojaat etishdi va ushbu murojaatlarga nisbatan munosabat bildirildi.

        Tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev ham mazkur uchrashuvda tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarlikalrga qarshi kurash maslalariga alohida to’xtaldi. Qilinayotgan barcha sa'y-harakatlarga qaramasdan, tuman miqyosida jinoyatchilikning ortib borishi ham tahlil etildi. Bunda barcha profilaktika inspektorlari hushyorlik va ogohlikni oshirishlari lozimligi qayd etildi. Jinoyatchilikni oldini olishda mustahkam hamkorlik asosiy omil ekanligi qayd etildi.

        Aytish lozimki, Vatanimiz ravnaqi va gullab-yashnashi, xalqlar do’stligini mustahkamlashda So’xlik fuqarolar ham o’zlarining salmoqli hissalarini qo’shishmoqda. Kuni kecha Farg’ona shahrida bo’lib o’tgan tantanada Lenbur mahalla fuqarolar yig’ini raisi G’ayratjon Nematov va So’x tuman bosh imom-xatibi Vohidxon Kamolovlar millatlararo do’stlik va totuvlikni mustahkamlashga qo’shgan hissalari uchun  “Xalqlar do’stligi” ko’krak nishoni bilan taqdirlanishdi. Tuman hokimi ham o’z navbatida mukofotlanganlarni samimiy qutladi.

        Darhaqiqat, eng ulug’ va eng aziz bo’lgan Istiqlolimizning 31-yillik to’yini katta shodiyona va ko’tarinkilik bilan istiqbol olishimiz lozim. Bunda barcha sohadagi rahbarlar mas'uliyat ko’rsatishlari va albatta, fuqarolarimizni xayrli va ezgu amallar sari yetaklasha olishlari lozim, Zotan, birlik va hamjihatlikda gap ko’p, hikmat bisyor.

        Agar biz birtanu birjon bo’lib, hamjihatlikda, o’zaro birlikda fa'oliyat olib borsak, barcha muvaffaqiyat va zafarlar albatta, Siz bilan biz tomon bo’ladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram