SO’X TUMANI HOKIMINING TABRIGI
2022-08-13 14:44:50 123
Prezidentimizning 2017 yil, 7 avgust, 5136-sonli farmoni bilan Respublikamizda avgust oyining ikkinchi yakshanbasi “O’zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Albatta, bu mazkur sohada fa'oliyat olib borayotgan va sidqidildan mehnat qilayotgan xodimlarga bo’lgan e'tibor nishonasidir.
Aytish lozimki, Vatanimizning obod bo’lishida, uning gullab-yashnashida Siz fidoiy kasb egalarining hissangiz beqiyos. Sizning bevosita sa'y-harakatingiz va fidokorona mehnatingiz tufayli Vatanning har bir go’shasi obodlikka yuz tutmoqda. Bugun bizning tumanimiz ham katta qurilish maydoniga aylanib qolgan – bu harakatlar zamirida inson va uning qadri, manfaati mujassamligi hech kimga sir emas.
Amalga oshirilayotgan ulkan ishlar va bunyodkorlik jarayonlarining izchil olib borilishida esa, bevosita davlatimiz rahbarining e'tibori asosiy omil bo’lib xizmat qilayotir. Zotan, o’tgan ikki yil davomida tumanimizda keng ko’lamli qurilish-ta'mirlash va bunyodkorlik amalga oshirildi. Bunga birgina Prezidentimizning 2020 yil 8 avgustdagi 4798-sonli So’x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tarixiy qarori ham isbotlaydi. Mazkur qaror doirasida tumanimizda keng ko’lamli, asrga tatigulik bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi va bunday ezgu amallar bugun ham o’zining mantiqiy davomini topmoqda.
Amalga oshirilayotgan bunday ishlarda Siz – aziz quruvchilarning hissalaring beqiyosligini yana bir karra ta'kidlamoqchiman.
Qurilish sohasi deganda, ko’z o’ngimizda eng avvalo chiroyli va muhtasham binolar, yangi va zamonaviy inshootlar gavdalanadi. So’x tumanida ham qo’li gul ustalar, mahoratli quruvchilarning o’ziga xos maktabi yaratilgan.
Men bugun marhum Mirzoqurbon Odilov, Ma'rufjon Ziyodov, Abduqodir Jumayev kabi insonlarning nomini faxr bilan tilga olaman. Chunki bu fidoiy insonlar So’xning obodligi yo’lida astoydil mehnat qilishgan. Ular boshlangan ezgu ishlarni bugun ularning shogirdlari va farzandalri davom ettirishmoqda. Ishonchim komilki, tumanimiz kelgusida ushbu fidoiy insonlarning sa'y-harakatlari tufayli eng obod va chiroyli tumanga aylanadi.
Fursatdan foydalanib, Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan samimiy qutlab, barchangizga mustahkam sog’liq, omad va baxt tilayman. Vatan ravnaqi va obodligi yo’lida Sizlarga yangi kuch va g’ayrat tilayman. Kasb bayramingiz yana bir karra muborak bo’lsin!
S. S. Sayidmusayev - So’x tumani hokimi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram