QARISI BOR UYNING PARISI BOR
2022-08-13 14:42:40 193
Nuroniy otaxonlarimiz, mo’nis onaxonlarimiz borki, oilalar mustahkam, har bir ishimizda unum va baraka bor. Ularning duolari ila hayot farovon, Vatan gullab-yashnaydi.
Oramizda shunday insonlar borki, ularga nisbatan mehr berish va ular holidan xabar olish bizning insoniy burchimizdir. Ualar bizning otaxonlar, mo’nis va mehribon onajonlarimizdir.
Tul mahallasida yashovchi nuroniy onaxon Inoyatxon Dehqonova bu yili tabarruk 90-yoshini qarshi oladi. 7 nafar farzandning onasi bo’lgan bu onaxon qishloq xo’jaligi sohasida fa'oliyat olib borgan. Mohir pillakor sifatida tanishadi mahalladoshlar onaxonni.
Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mahallada bo’lib, onaxon bilan uchrashdi va samimiy so’hbat chog’ida bugungi dorilomon kunlarga yetguncha qancha azob va mashaqqatlar chekilgani haqida Inoyatxon-momo mehmonlarga hayotiy voqealar misolida aytib berdilar.
- Bugungi kunlarni ota-boblarimiz orzu qilib yashab o’tishdi. Mana shunday zamon va farovon hayotning kelishi shaxsan meni tushimga ham kirmagan. Bunday davru davron va istiqlol bergan ne'mat - ozodlik va obodlikga faqat shukr qilib, shukronalik bilan umrguzaronlik qilish lozim, - deya ta'kidladilar onaxon.
Ha, bu dorilomon kunlar ota-bobolarimiz, ajdodlarimizning orzusi edi. Biz - bugungi kun odamlari hayotimizning har bir oni va lahzalariga shukr qilib, Vatanimiz obodligi va hayot farovonligiga astoydil harakat qilishimiz va intilmog’imiz lozim. Shundagina qalbimiz tubidagi eng ezgu va go’zal orzularimizga albatta yetamiz!
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram