DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
2022-08-11 08:51:50 123
Xalq deputatlari So’x tuman Kengashining navbatdagi 59-sessiyasi o’tkazildi.
Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev raislik qildi va uni olib bordi.
Sessiya kun tartibiga ikkita masala qo’yildi:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentini 2022 yil 18 iyul kuni o’tkazgan videoselektorida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash maqsadida aholi ehtiyojidan kelib chiqib, oziq-ovqat zaxirasini yaratish va bozorlarda narx-navolarni barqarorligini ta'minlash borasida bergan topshiriqlarini tumandagi ijrosi yuzasidan iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’limi boshlig’i o’rinbosari Sobir Zaylidinovning axboroti.
2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli qarorining 2-bandi talablari asosida tumanda zaxiraga olinishi rejalashtirilayotgan qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yer maydonlarida dehqon xo’jaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish bo’yicha tayyorlangan loyihani tasdiqlash yuzasidan tuman hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekovning axboroti.
Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi rahbar va mas'ullarning axborotlari tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram