Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Bugun So'x tumanida ham oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun test imtihonlari topshirish jarayonlari bo'lib o'tdi

×

 2022-08-08 16:01:05    48

PDF yuklash
Chop etish


Bugun So'x tumanida ham oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun test imtihonlari topshirish jarayonlari bo'lib o'tdi

         Bugun, 8 avgust Respublikamizda oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari jarayonlari bo'lib o'tdi. Allaqachon So'x tumanida ham ushbu jarayonlarning birinchi bosqichi o'tkazildi. Oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar erta sahardan tuman markaziy maydoni tomon otlanishdi. 8 avgustdan boshlab mazkur sport majmuasida besh kun davomida ikki smenada test sinovlari jarayonlari bo'lib o'tadi.

         Shuni alohida ta'kidlash lozimki, uch yildan buyon So'xlik bitiruvchi talabalar va bo'lajak oliy maktab studentlari test sinovlarini bevosita tumanning o'zida topshirayotir. Bu So'xlik yoshlarga davlatimiz rahbari tomonidan berilgan cheksiz imkoniyatdir.

         Har bir abituriyent dastlabki nazoratdan o'tib, o'zlariga belgilangan joyga kelib, test varaqalarini olishdi. Soat 715 da boshlangan imtihon jarayoni albatta bo'lajak studentlar hayotida eng hayajonli damlar hisoblanadi. Mazkur sinovdan muvaffaqiyatli o'tgan har bir abituriyent albatta, oliy ta'lim maktabi talabasi bo'lish baxtiga muyassar bo'ladi.

         Eslatib o'tamiz, bu yili ham So'x tumani bitiruvchilariga 500 ta kvota ajratilgan va jami bo'lib, tumandan 3 196  nafar bitiruvchilar hujjat topshishgan.

         Barcha abituriyentlarga omad yor bo'lishini tilab qolamiz!

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati