“Ayollar daftari” dagi xotin-qizlar doimiy e'tiborda
2022-08-02 19:01:04 129
“Ayollar daftari” dagi xotin-qizlar doimiy e'tiborda
«Ayollar daftari» ni yuritish bo'yicha ham So'x tumanida salmoqli ishlar olib borildi.
O'tkazilgan xatlov va o'rganishlar natijasida «Ayollar daftari»ga 1334 nafar ayollar kiritilib, amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2022 yil 1 avgust holatiga 1290 nafar "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarga yordamlar ko'rsatildi.
«Ayollar daftari»dagi xotin-qizlarga ko'rsatilgan yordamlarni sohalar kesimida tahlil qilinganida:
870 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz bo'lgan 870 nafar ayollarga ishsizlik va kasbga o'qitish bo'yicha yordamlar ko'rsatildi.
33 nafar tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan ehtiyojmand xotin-qizlarning 14 nafariga imtiyozli kreditlar ajratildi.
184 nafar boquvchisi bo'lmagan, ehtiyojmand xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam berildi.
143 nafar ijtimoiy yordamga hamda I va II guruh nogironligi bo'lgan, shuningdek tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam berildi.
78 nafar qaramog'ida nogironligi bo'lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam va 6 nafar ayollarning ularni tomarkasini fermer kengash uyushmasi tomonidan xaydab va ekish uchun urig'lik berildi.
Joriy yilning 6 oyi davomida 405 nafar ayollar uchun "Ayollar jamg'armasi"dan 437 mln 400 ming so'm mablag' sarflandi.
Madinaxon Safarova – So'x tuman hokimi o'rinbosari, oila va
xotin-qizlar bo'limi boshlig'i