Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Ayollar daftari” dagi xotin-qizlar doimiy e'tiborda

×

 2022-08-02 19:01:04    53

PDF yuklash
Chop etish


“Ayollar daftari” dagi xotin-qizlar doimiy e'tiborda

         «Ayollar daftari» ni yuritish bo'yicha ham So'x tumanida salmoqli ishlar olib borildi.

         O'tkazilgan xatlov va o'rganishlar natijasida «Ayollar daftari»ga 1334 nafar ayollar kiritilib, amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2022 yil 1 avgust holatiga 1290 nafar "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarga yordamlar ko'rsatildi.

         «Ayollar daftari»dagi xotin-qizlarga ko'rsatilgan yordamlarni sohalar kesimida tahlil qilinganida:

         870 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz bo'lgan 870 nafar ayollarga ishsizlik va kasbga o'qitish bo'yicha yordamlar ko'rsatildi.

         33 nafar tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan ehtiyojmand xotin-qizlarning 14 nafariga imtiyozli kreditlar ajratildi.

         184 nafar boquvchisi bo'lmagan, ehtiyojmand xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam berildi.

         143 nafar ijtimoiy yordamga hamda I va II guruh nogironligi bo'lgan, shuningdek tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam berildi.

         78 nafar qaramog'ida nogironligi bo'lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlarga  bir martalik moddiy yordam va 6 nafar ayollarning ularni tomarkasini fermer kengash uyushmasi tomonidan xaydab va ekish uchun urig'lik berildi.

         Joriy yilning 6 oyi davomida 405 nafar ayollar uchun "Ayollar jamg'armasi"dan 437 mln 400 ming so'm mablag' sarflandi.

                   Madinaxon Safarova – So'x tuman hokimi o'rinbosari, oila va 

                                                        xotin-qizlar bo'limi boshlig'i