Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 122 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Jinoyatchilikga qarshi kurashning asosiy omili – mustahkam hamkorlikdir

×

 2022-07-29 16:45:11    127

PDF yuklash
Chop etish


Jinoyatchilikga qarshi kurashning asosiy omili – mustahkam hamkorlikdir

         So'x tumani madaniyat markazi majlislar zalida tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari muvofiqlashtiruvchi Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

         Yig'ilishda, Kengashning 2022 iilning 2-yarmiga mo'ljallangan ish rejasining I-bandiga muvofik, 2022 yilning o'tgan 6 oy davomida tumanda umumiy jinoyatchilnk holati, dinamikasi, jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatlarni fosh etish, tezkor- qidiruv faoliyati, jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa ma'lumotlarni ro'yxatga olish, ko'rib chiqish va hal etish, shuningdek, diniy ekstremizm va terrorizm bilan bilan bog'lik jinoyatlarga qarshi kurashga qaratilgan profilaktik tadbirlar samaradorligi hamda bu boradagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoatchilik tuzilmalari hamkorligi ahvolini o'rganish natijalari muhokama qilindi.

         Mazkur tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov, ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyevlar ishtirok etdilar.       

         Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tadbirda so'z olib, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, huqubuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurash, jinoyatni sodir etishdan oldin uni oldini olish, jamiyatda sog'lom turmush tarzini ta'minlashga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish lozimligini ta'kidlab o'tdi.

         Tadbirda so'z olgan tuman prokurori o'rinbosari Olimjon Do'stov tumanda 6 oy davomida tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari muvofiqlashtiruvchi Kengashining amalga oshirilgan ishlari xususida to'xtalib o'tdi. Olimjon Do'stov tumanda jinoyatchilikka qarshi kurash holati, uni oldini olishga qaratilgan amaliy ishlar samaradorligi haqida ma'lumotlar berdi.

         Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, tumanda jinoyatchilik soni keskin darajada oshgan. Bu bo'yicha ayniqsa, “qizil hudud”ga tushib qolgan mahallalar mutasaddilari bilan o'tkazilgan muhokamalarda hududlarda ishlash tizimini mutlaqo yangilash, hamkorlikdagi ishlarni yanada kuchaytirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

         Ta'kidlandiki, Kengash yig'ilishlariga Departamentning tuman bo'limi, MIB tuman bo'limi, tuman IIB bo'limi, uning sohaviy o'rinbosarlari, IIB HPB boshligi, TG katta tergovchisi, YHXG katta inspektori, JKB boshligi va profilaktika inspektorlari, yoshlar agentligi, tuman hokimi o'rinbosari-xotin-qizlar qo'mitasi raisi, mahalla fuqarolar yig'inlari raislari va ularning xotin-qizlar bo'yicha maslahatchilari hamda tibbiyot bnrlashmasi rahbari puxta tayyorgarlik ko'rgan holda ishtirok etishlari lozim.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati