Tovlamachilik jinoyatining mazmun mohiyati va uning oldini olish choralari
2022-06-28 17:53:35 279
Tovlamachilik jinoyatining mazmun mohiyati va uning oldini olish choralari
Tovlamachilikning bevosita asosiy ob'ekti talon-taroj qilinayotgan mol-mulkni tartibga solishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar. Bevosita qo'shimcha ob'ekti tovlamachilik natijasida tajovuz qaratilgan jabrlanuvchining qonun bilan qo'riqlanadigan shaxsiy huquqlari hisoblanadi.
Tovlamachilikning qo'shimcha ob'ekti aybdor tomonidan qo'llaniladigan ruhiy zo'rlikning xarakteri bilan tavsiflanadi.
Masalan, zo'rlik ishlatishda qo'llaniladigan tahdidda fuqaroning sog'lig'ini ta'minlashaga qaratilgan, jabrlanuvchi sir saqlanishini hohlaydigan shaxsiy daxlsizligi, sha'ni qadr-qimmatini tahqirlaydigan ma'lumotlarni oshkor etish bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlar namoyon bo'lishi mumkin.
Tovlamachilikning predmeti bo'lib, nafaqat mol-mulklar, balki unga bo'lgan mulkiy huquqlar, boshqa turdagi mulkiy harakatlar va mulkiy ko'rinishdagi foydalar ham bo'lishi mumkin.
Aybdor tovlamachilikni sodir etayotib mulkka bo'lgan huquqni talab qilmay, o'zganing mol-mulkidan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini talab qilishi ham mumkin.
Mol-mulkka bo'lgan huquq - shaxsning o'ziga tegishli mol-mulk¬ka egalik qilish, undan o'z xohishiga ko'ra hamda o'z manfaat¬larini ko'zlab foydalanishi va uni tasarruf etishi, shuningdek, o'zining mulkiy huquqi kim tomonidan buzilishidan qat'i nazar, o'z mulkiy huquqlari buzilishini bartaraf etilishini talab qi¬lish huquqidir. Tovlamachilikning predmeti bo'lib ko'char va ko'chmas mulklar namoyon bo'ladi.
Mulkiy yo'sindagi harakatlar deganda, haqi to'lanishi lozim bo'lgan har qanday ishlarni tekinga bajarish yoki xizmatlar ko'rsatish (imoratlar qurish, ularni ta'mirlash, avtomobillarni ta'mirlash, tovar-moddiy boyliklarni tashib berish va h.k.) tushuniladi.
Bundan tashqari mulkiy yo'sindagi harakatlar jumlasiga aybdorga mulkiy manfaatlar keltirishi mumkin boshqa harakatlarni (umumiy ulush, merosdan voz kechish va boshqa) ham kiritish mumkin. Tovlamachilikning perdemeti bo'lib faqatgina o'zganing mulki yoki mulkiy huquqiy namoyon bo'ladi.
Jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo'rlik ishlatib, uning mulkiga shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabr¬lanuvchi sir saqlanishini xohlagan ma'lumotlarni oshkor qilish bilan qo'rqitib yoxud jabrlanuvchining manfaatlariga xavf so¬ladigan sharoitni yaratish yo'li bilan jabrlanuvchi shaxsni unda turgan (masalan, qarzga, kreditga olgan, jinoyat sodir etishi na¬tijasida vaqtincha saqlanib turgan va hokazo) o'zining mol-mul¬kini berishga majbur etganida, u o'zganing mulkini tovlamachi-lik yo'li bilan talon-toroj qilganlik uchun jinoiy javobgar¬likka tortilishi mumkin emas. Bunday qilmish, qonunda nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo'lsa, o'zboshimchalik deb hisobla¬nadi. Qarzdordan qarzni talab qilish O'zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas, lekin ay¬rim hollarda o'zboshimchalik (JKning 229-moddasi) tariqasida baholanishi lozim.
Ob'ektiv tomondan tovlamachilik jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo'rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo'lgan ma'lumot¬larni oshkor qilish bilan qo'rqitib o'zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo'sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrla¬nuvchini o'z mulki yoki mulkka bo'lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo'yishda ifodalanadi.
O'zbekiston Respublikasi JK 165-moddasining 1-qismida ko'rib o'tilganidek, taovlamachilik murakkab tarkibli jinoyat bo'lib, bir tomondan aybdor mulkdor¬dan bila turib, g'ayriqonuniy ravishda o'ziga yoki u ko'rsatgan shaxslarga muayyan mulkni, mulkka bo'lgan huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud ular foydasiga muayyan mulkiy yo'sindagi harakatlar sodir etishni talab qilsa, boshqa tomondan tahdidga asoslangan ruhiy zo'rlik ishlatadi.
Talab tovlamachining jabrlanuvchidan ko'cha va ko'chmas mulkni yoki mulkdan o'z mulkidek foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni taqdim etishini taklif qilishni anglatadi. Talab rad etilsa, o'ch olish bilan qo'rqitishda ifodalangan bo'lishi kerak. Qo'rqitish bilan mustahkamlanmagan talablar tovlamachilikni hosil qilmaydi.
Tovlamachining talabi, albatta, jabrlanuvchining mulkiga zarar yetkazish yoki uning yaqin kishilariga zo'rlik ishlatish yoxud ular uchun sir saqlanishi lozim bo'lgan ma'lumotlarni oshkor qilish tarzidagi qo'rqitish bilan birgalikda sodir qilinishi lozim. Qo'rqitish bilan amalga oshirilmagan talablar jinoyatning tovlamachilik tarkibini vujudga keltirmaydi.
Mulk huquqini talab qilishda aybdor mazkur mulkni unga mulk sifatida butunligicha berishni talab qilmasdan bir vaqtni o'zida unga bir yoki bir nechta mulk huquqi vakolatlarini (egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish) berishni talab qilishi mumkin.
Mulkiy yo'sindagi harakatlar qilish yoki mulkiy manfaatlar berishni talab qilish deganda aybdor foydasiga yoki u ko'rsatgan shaxs foydasiga mulkiy yo'sindagi moddiy manfaatlar berish yoki aniq moddiy xizmatlar qilish “taklifi” nazarda tutiladi.
Barcha holatlarda talab to'g'ridan - to'g'ri aybdor tomonidan amalga oshirilishi bilan birga, o'rtakash orqali, shuningdek og'zaki, telefon, faks, xat orqali va boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin.
Tovlamachi tomonidan qo'yiladigan talablar ruhiy zo'rlik - tahdid bilan doimo bog'liq bo'lishi kerak. Tahdid bilan amalga oshirilmagan talab tovlamachilik jinoyati tarkibini tashkil etmaydi.
Tovlamachilikdagi qo'rqitishga quyidagi belgilar xos: birinchidan, o'z mazmuniga ko'ra unda jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo'rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud ular sir saqlash lozim deb topgan ma'lu¬motlarni oshkor qilish niyati bildirilgan bo'lishi kerak; ik¬kinchidan, tahdid real, ya'ni agar jabrlanuvchi tovlamachining talablarini bajarmasa, tahdid amalga oshirilishi mumkinligi¬dan xavotir bo'lishi lozim. Jinoyat tarkibining mavjudli¬gini aniqlash uchun qo'rqitishni kim amalga oshirishi mumkin¬ligi: bevosita tovlamachining o'zimi yoki uning ishtirokchila¬rimi, bu ahamiyat kasb etmaydi. Qo'rqitish kelajakda (darhol yoki talabni bajarishdan bosh tortganlik uchun) amalga oshiriladi deb qabul qilinadi. Shuning uchun ham ushbu jinoyatning tarkibi uchun aybdorning haqiqatdan ham o'z niyatini amalga oshirmoqchi bo'lgan-bo'lmaganligi ahamiyat kasb etmaydi.
Tovlamachilikni kvalifikatsiya qilishga tahdidning bevosita mol-mulk egasiga yo'naltirilganligi yoki uning yaqin qarindoshlariga qaratilganligining ahamiyati yo'q.
Jabrlanuvchi tomonidan qo'rqitishning xususiyati va jadal¬ligi qanday qabul qilinganligi jinoyatni kvalifikatsiya qi¬lishga ta'sir ko'rsatmasligi lozim. Jadalligi bir xil bo'lgan tahdid, jabrlanuvchilarning ruhiy holati, tarbiyasi, fe'l-atvori, jis¬moniy xususiyatlaridagi farq¬lar tufayli, ular to¬monidan turli¬cha qabul qilinadi. Jabrlanuvchi qanday qabul qilganligidan qat'i nazar, tahdidning kuchi oshmaydi va kamay¬maydi, uning o'zi qanday bo'lsa, shundayligicha qolaveradi. Agar aybdorning aytgan¬lari ob'ektiv tomondan tahdidni o'z ichiga olmagan bo'lsa, qilmish tovlamachilik deb baholanishi mumkin emas.
O'zbekiston Respublikasi JK 165-moddasi tovlamachilikni sodir etishda o'ldirish bilan qo'rqitishni ham o'z ichiga qamrb oladi va O'zbekiston Respublikasi JK 112-moddasi bo'yicha qo'shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
Sud-tergov amaliyotida tovlamachilikni bosqinchilik va o'g'rilikdan farqlashda ko'p muammolar mavjud. Shuni nazarda tutish kerakkki, bosqinchilik va talonchilikda zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish mulkni egallab olish yoki talon-toroj qilinga¬nidan so'ng uni ushlab qolish vositasi bo'lib xizmat qilsa, tov¬lamachilikda ushbu qo'rqitish jabrlanuvchining irodasini so'ndirish va uni tovlamachining talablarini bajarishga majbur etish vositasi bo'lib xizmat qiladi.
Shuni ham nazarda tutish kerakki, bosqinchilik va talonchi¬likda o'zganing mulkini egallab olish qo'rqitish bilan bir vaq¬tda sodir bo'ladi, tovlamachilikda esa, aybdor jabrlanuvchining mulkini kelajakda qo'lga kiritadi.
Agar tovlamachilikni sodir etishda qo'rqitish jabrlanuvchiga hech qanday ta'sir ko'rsatmagan bo'lib, tovlamachi o'sha vaqtdayoq o'zganing mulkini talon-taroj qilgan bo'lsa, uning harakatlari o'zganing mulkini tovlamachilik qilish va qo'rqitishga qarab, bosqinchilik yoki talonchilik sifatida jinoyatlar majmui bo'yicha kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Tovlamachilikni sodir etishda zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish deganda urish, zarba berish, badanga yengil, o'rtacha og'ir va og'ir shikast yetkazish tahdidi bilan qo'rqitish agar aybdorning talabi bajarilmasa, shunday zo'rlik ishlatish xavfi mavjud bo'lishi tushunilishi, kerak. O'zbekiston Respublikasi JK 165-moddasining dispozitsiyasida ularning hammasi ko'rsatilgan va bunday qilmish sodir etilganida shaxsga qarshi jinoyatlar bo'yicha qo'shimcha kvalifikatsiya talab qilinmaydi. Tovlamachilikni sodir etishda o'ldirish bilan qo'rqitishni ham O'zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi o'z ichiga oladi.
Mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish harakatlari moddiy qiymatliklarga zarar yetkazishga qaratilgandir.
Bu toifadagi jinoyatlarni oldini olish borasida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi 2019 yil 10 yanvardagi Farmonida davlat va jamiyat oldiga qo'yilgan vazifalardan kelib chiqib, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar bilan uyg'un ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo'yicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida, jumladan:
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta'lim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e'tibor qaratish, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni saqlash g'oyalarini keng targ'ib qilish;
yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab o'rgatish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli huquqiy targ'ibotni amalga oshirish borasidagi o'zaro hamkorligini mustahkamlash;
ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan ta'minlashdagi rolini oshirish, huquqiy targ'ibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, veb-texnologiyalarni qo'llashni kengaytirish;
yuridik ta'limni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini chuqur tadqiq etish lozim.
X.Xoliqov - Jinoyat ishlari bo'yicha
Farg'ona tuman sudining raisi