EHTIYoJMAND FUQAROLAR DOIMIY E’TIBORDA
2022-06-13 11:12:56 139
EHTIYoJMAND FUQAROLAR DOIMIY E’TIBORDA
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 maydagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo'llab-quvvatlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-258-sonli qaroriga asosan tumandagi bir martalik moddiy yordam ko'rsatilmagan “Temir daftar”ga kirgan (2022 yilning 1-yanvaridan 1-iyun kunigacha) hamda 59 ta oilaning 249 nafar a'zolariga 20 kilogrammdan (jami 5 tonna) un mahsuloti bepul tarqatib berildi.
Bundan tashqari qarorning 5 bandi, “b”-qismiga asosan bir martalik moddiy yordam ko'rsatilmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand oilalarning a'zolariga 20 kilogrammdan un mahsuloti tarqatib berilishi belgilangan bo'lib, mazkur qarorga asosan tumandagi barcha mahallalaridan sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yig'inlari raisi va hokim yordamchilari tomonidan ehtiyojmand oilalarning ro'yxati shakllantirildi.
So'x tumani bo'yicha jami 501 ta oilalarda istiqomat qiluvchi jami
2 120 nafar fuqarolar, shu jumladan sektorlar kesimida:
1-sektor hududidagi 6ta MFYda 133 ta oilada 577 nafar;
2-sektor hududidagi 9ta MFYda 156 ta oilada 642 nafar;
3-sektor hududidagi 5ta MFYda 111 ta oilada 430 nafar;
4-sektor hududidagi 7ta MFYda 101 ta oilada 471 nafar
yashaydigan fuqarolarning ro'yxati shakllantirildi.
Shakllantirilgan ro'yxatdagi oilalarga jami 42,4 tonna un mahsuloti tarqatib berilmoqda. Un mahsuloti xarid qilish uchun “Saxovat va ko'mak” jamg'armasiga 212,0 mln.so'm mablag' ajratib berildi.
Shuningdek, tumandagi 1 400 dan ortiq oilalarga 7 tonna miqdorida shakar arzon narxda - 10 ming so'mdan sotilishi ta'minlandi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati