Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

EHTIYoJMAND FUQAROLAR DOIMIY E’TIBORDA

×

 2022-06-13 11:12:56    56

PDF yuklash
Chop etish


EHTIYoJMAND FUQAROLAR DOIMIY E’TIBORDA

         O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 maydagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo'llab-quvvatlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-258-sonli qaroriga asosan tumandagi bir martalik moddiy yordam ko'rsatilmagan “Temir daftar”ga kirgan (2022 yilning 1-yanvaridan 1-iyun kunigacha) hamda 59 ta oilaning 249 nafar a'zolariga 20 kilogrammdan (jami 5 tonna) un mahsuloti bepul tarqatib berildi.

         Bundan tashqari qarorning 5 bandi, “b”-qismiga asosan bir martalik moddiy yordam ko'rsatilmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand oilalarning a'zolariga 20 kilogrammdan un mahsuloti tarqatib berilishi belgilangan bo'lib, mazkur qarorga asosan tumandagi barcha mahallalaridan sektor rahbarlari, mahalla  fuqarolar yig'inlari raisi va hokim yordamchilari tomonidan ehtiyojmand oilalarning ro'yxati shakllantirildi.

         So'x tumani bo'yicha jami 501 ta oilalarda istiqomat qiluvchi jami

         2 120 nafar fuqarolar, shu jumladan sektorlar kesimida:

         1-sektor hududidagi      6ta  MFYda         133 ta oilada        577 nafar;

         2-sektor hududidagi      9ta MFYda          156 ta oilada        642 nafar;

         3-sektor hududidagi      5ta MFYda          111 ta oilada        430 nafar;

         4-sektor hududidagi      7ta MFYda          101 ta oilada        471 nafar

         yashaydigan fuqarolarning ro'yxati shakllantirildi.

         Shakllantirilgan ro'yxatdagi oilalarga jami 42,4 tonna un mahsuloti tarqatib berilmoqda. Un mahsuloti xarid qilish uchun “Saxovat va ko'mak” jamg'armasiga  212,0 mln.so'm mablag' ajratib berildi.

Shuningdek, tumandagi 1 400 dan ortiq oilalarga 7 tonna miqdorida shakar arzon narxda - 10 ming so'mdan sotilishi ta'minlandi.

                  So'x tumani hokimligi Axborot xizmati