Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"XAYR, AZIZ MAKTABIM!"

×

 2022-05-25 18:51:28    61

PDF yuklash
Chop etish


"XAYR, AZIZ MAKTABIM!"

         "So'nggi qo'ng'iroq". Respublikamizning barcha hududlarida bo'lgani kabi, bugun So'x tumanining barcha umumta'lim maktablarida 2021-2022 o'quv yilining yakuniga bag'ishlangan tadbirlar bo'lib o'tdi. Barcha 11-sinf bitiruvchilariga nurli kelajak sari so'nggi qo'ng'iroq sadolari ostida yo'llanma berildi.

         Tuman ta'lim muassasalarida bo'lib o'tgan tadbirlarda barcha bitiruvchilarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning yo'llagan tabrigi va murojaatlari o'qib eshittirildi.

         Qal'acha mahallasining 3-sonli IDUMdagi tashkil etilgan tadbirda qatnashib, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barcha bitiruvchilar va maktab jamoasini ushbu unutilmas kun bilan tabrikladi. Barcha bitiruvchi o'g'il-qizlarga kelajakda jamiyatda o'z o'rinlarini topishlari va Vatanning sodiq farzandlari bo'lib yetishlari uchun yaxshi niyat va tilaklar bildirildi.

         Tadbir davomida o'quv yilida faol bo'lgan va namuna ko'rsatgan o'quvchilarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg'alari taqdim etildi.

         Tadbirdan so'ng tuman hokimi bitiruvchi o'g'il-qizlar bilan so'hbatlashdi va ularning qiziqishlari bilan qiziqdi.

         Ma'lumot o'rnida: So'x tumanida 2021-2022 o'quv yilida jami bo'lib 2405 nafar bitiruvchilar tahsil olishdi, ulardan 1491 nafarini  9-sinf (732 o'g'il va 759 nafari qiz) va 913 nafarini 11-sinf (390  o'g'il va 523  nafari qiz) o'quvchilari tashkil etadi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati