Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Yaqin kunlarda Javpaya massiviga sug'orish suvi chiqarish ishlari oxiriga yetadi

×

 2022-04-29 16:37:19    138

PDF yuklash
Chop etish


Yaqin kunlarda Javpaya massiviga sug'orish suvi chiqarish ishlari oxiriga yetadi

         Aytish lozimki, bugun tumanimizning Qal'acha mahallasidagi Javpaya massivi tumanning tashrif qog'oziga aylanib qoldi. Chunki bu hududda aholi manfaatini ko'zlab amalga oshirilayotgan ishlar barchaning diqqat markazida bo'lib turibti.

         Farg'ona viloyati hokimi tashabbusi va bevosita kumagi bilan barpo etilayotgan issiqxonalar fuqarolarimizga tarqatib berilmoqda. Bir so'z bilan aytganda, o'zining daromad manbaiga ega bo'layotgan So'xliklar foyda olish va manfaatga ega bo'lish yo'lida astoydil harakat qilishayotir.

         O'zlashtirilayotgan ochiq maydondagi yerlar ham aholiga tarqatib beriladi. “Bir hudud, bir mahsulot” tamoyili qo'l kelishi mutaxassislar tomonidan allaqachon isbotlangan haqiqat ekanligiga fuqarolarimiz ham ishonishmoqda.

         Tarqatiladigan yer maydonlarida namatak o'simligi yetishtirish yo'lga qo'yiladi. Maqsad - tuman eksport salohiyatini ko'tarish. Mutaxassislarga ko'ra, Kanada namatagi o'zining hosildorligi va jahon bozoridagi narxi bilan bu o'simlikning boshqa turlaridan tubdan farq qilar ekan. Javpaya kengliklariga asosan shu turdagi namatak ekiladi.

         Tomchilatib sug'orish tizimini yo'lga qo'yilishi tejamkor vositalarning hayotimizga kenroq kirib borayotganidan dalolat. Aslida 6 kilometr masofaga “obi hayot” tortish ishlari uchun salkam 22 millirad so'm mablag' sarflanishi mutaxassislar tomonidan hisoblab chiqilgan.

         Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari har kuni Javpayada. Har kuni izlanishda bo'lgan odamlarimiz manfaat sari intilishmoqda.

         Tuman hokimi tashabbusi bilan barpo etilgan bog'ning qator oralariga bugun kartoshka, loviya, no'xat, yeryong'oq, sedana kabi ziroatlar ekildi. Mutaxassislarning fikricha bu ziroatlar uncha suv talab etmaydi ekan. Shuningdek, ekin maydonlariga boshqa ziroatlardan oshqovoq, mosh kabi mahsulotlarni ekish niyatida fuqarolarimiz mehnat qilishayotir.

         Javpayada baraka sari harakat tobora avj olmoqda. Chunki “odamzodni yer boqadi” degan so'zga vatandoshlarimiz ishongan holda “dast ba koru dil ba yor” deya mehnat qilmoqdalar.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati